Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:24

OzodNazar: “Maktab bitiruvchisi attestatida cholg‘u asbobini o‘rgangan degan baho bo‘ladi”


Pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev
Pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev

Sarlavhaga chiqarganimiz gap bugungi suhbatdoshimizning emas, prezident Mirziyoyevning gapidir. Davlat rahbari o‘tgan hafta yakunida Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan mana bunday dedi:

“Topshiriq berdim: endi attestatda har bir maktabning 11- sinfini tugatgan bolalarimizning bitta cholg‘u asbobini o‘rgangan degan bahosi bo‘ladi”.

Bu fikrini izohlar ekan, Shavkat Mirziyoyev yana bunday dedi:

Nima uchun bu kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shu bilan bap-baravar madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga ma’naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”.

Prezident “har bir attestatda cholg‘u asbobini o‘rgangan, degan baho bo‘ladi”, bu haqda “topshiriq berdim” deb aniq-tiniq aytib tursa ham, bugungi suhbatdoshimiz, pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev “Prezidentning gapini aynan tushunmaslik kerak” dedi.

Nega aynan tushunmasligimiz kerak? Tushunmadik...

“Мактаб битирувчисининг аттестатида чолғу асбобини ўрганган деган баҳо бўлади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:37 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG