Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:35

Qo‘qonda mehmonxonasi buzilgan 71 yoshli tadbirkor shahar hokimligi oldida ochlik e’lon qildi (VIDEO)


Mehmonxonasi buzilgan tadbirkor Nosir Zokirov Qo‘qon hokimligi oldida ochlik e’lon qildi
Mehmonxonasi buzilgan tadbirkor Nosir Zokirov Qo‘qon hokimligi oldida ochlik e’lon qildi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ikki qavatli mehmonxonasi buzib tashlangan 71 yoshli tadbirkor Nosir Zokirov 20 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘zining mulkchilik huquqlari buzilganiga norozilik bildirib shahar hokimligi oldida ochlik aksiyasi boshlaganini aytdi.

Меҳмонхонаси бузилган қўқонлик тадбиркор очлик эълон қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

Nosir Zokirovning Ozodlikka aytishicha, Qo‘qon dehqon bozori yaqinidagi yuz o‘rinlik mehmonxonasi 2008 yilda bozor rekonstruksiyasi boshlangan paytda buzib tashlangan.

- Orderlarim bor. Hokimni qarori ham bor. Mehmonxona meni nomimda bo‘lgan. 2000 yilda sotib olganman. Shahar hokimligi bozorda rekonstruksiya boshlab, shu mehmonxonamni buzib tashladi. O‘shanda Qo‘qon tumani sudi yetkazilgan zarar to‘lig‘icha qoplansin, yer maydoni ajratilsin, deb qaror chiqargan. U qaror bekor bo‘lmagan, lekin mana shu kungacha hokimiyat yer ham ajratmadi, zararni ham qoplamadi, - deydi Zokirov.

Zokirov hokimlik kompensatsiya bermagunicha ochlikni to‘xtatmasligini aytadi.

- Bugun soat 10dan ochlikni boshladim. Hukumat Farg‘ona viloyatiga komissiya jo‘natsin, qonunbuzarlikni tekshirsin. Toki meni toptalgan haqqim tiklanmagunicha ochlikni davom ettiraman, - deydi Zokirov.

Ozodlik tadbirkorning mehmonxonasi buzilgani, evaziga tovon berilmagani haqidagi iddaolari yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligidan izoh ololmadi.

Nosir Zokirovning aytishicha, ochlik aksiyasi payti uni oldiga uchrashish uchun hokimlikdan hech kim chiqmagan.

O‘zbekistonning boshqa shahar va tumanlarida ham uyi yoki do‘koni buzilganlar hokimlik oldida bundan oldin ham norozilik aksiyalari uyushtirgan.

O‘tgan oy Ozodlik uyi buzilgan ayol Navoiy viloyati hokimligi oldida o‘ziga o‘t qo‘yishga uringani aks etgan videoni e’lon qilgandi.

O‘tgan yil sentabr oyida esa Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Iftixor mahallasida yashovchi o‘nlab odam hokimlik uyi buzilganlarga tovon puli bermayotganiga norozilik bildirib, 16 sentabr kuni Baliqchi tuman hokimligi binosi oldida to‘plangandi.

O‘tgan oy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlarni tadbirkorlar mulkini noqonuniy olib qo‘yishning huquqiy oqibatlaridan ogohlantirgan.

Mirziyoev hokimlar "ishdan ketish bilan qutulmasligi"ni aytgandi.

"Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi", deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish va tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham bergandi.

XS
SM
MD
LG