Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:39

“Shamol uchirgan tomlarimizga va’da qilingan shifer berilmadi”


Mamlakat Mahmudova uyining shamol uchirib ketgan tomi.
Mamlakat Mahmudova uyining shamol uchirib ketgan tomi.

Buxoro viloyat, Jondor tuman, Oytug‘di MFY, Jo‘ysafed mahallasida yashaydigan Mamlakat Mahmudovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, uning uyi va molxonalari tomini kuchli shamol uchirib ketgan, ammo hukumat va’da qilgan shiferni bermagan.

Mamlakat Mahmudovaning prezidentga yozgan shikoyati nusxasi.
Mamlakat Mahmudovaning prezidentga yozgan shikoyati nusxasi.

“Mening uyimdagi 227 kvadrat metr joydagi shiferni shamol uchirib ketgan edi. Prezident qarori bilan biz kabi oilalarga hukumat tomlarini yopib berilishi kerak edi. Mahalla raisiga borsam, natija bo‘lmadi. Lekin bir fermerga yuzta shifer berilganini ko‘rib, mahalla raisiga, hokimiyatga bir necha marta murojaat qildim. Hech kim yordam bermadi. Yog‘ingarchilik boshlanib, uylarimdan suv o‘tib ketdi. Yig‘laganim ko‘rib onam, omonatga qo‘ygan pulini berib, tomingni yopib ol dedi. Bir amallab yopib oldim. Yana mahalla raisiga borib, nega hammaga berilyaptiku, menga yo‘q desam, tomini yopib olganlarga berilmaydi, dedi. Men u pulni omonatga olganman, desam, mening ishim yo‘q, dedi. Uchta farzandim bor. Erim Rossiyaga borib ishlardi. Karantin bo‘lib ishsiz qoldi, o‘zimizda ham karantin uchun ish yo‘q. Prezidentimiz bergan yordamni mahalla va tuman hokimligi nega menga bermaydi?”

“Шамол учирган томларимизга ваъда қилинган шифер берилмади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:06 0:00
Бевосита линк


-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG