Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:27

Fermerlar: "Sardoba"dan sug‘orilgan hududlarda qurg‘oqchilik boshlandi


Sardoba tumanining "Uzoqov", "Xo‘jayev" xo‘jaliklaridan fermerlar Ozodlikka yuborgan suratlarda ekinlar qovjirab, ariqlar qurib qolganinini ko‘rish mumkin. 
Sardoba tumanining "Uzoqov", "Xo‘jayev" xo‘jaliklaridan fermerlar Ozodlikka yuborgan suratlarda ekinlar qovjirab, ariqlar qurib qolganinini ko‘rish mumkin. 

Sirdaryo viloyatidagi "Sardoba" suv omborida o‘tgan oy boshida ro‘y bergan texnogen ofat ortidan ombor atrofidagi hududlarda qurg‘oqchilik yuzaga keldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan fermerlar "Sardoba" ombori suviga qarab qolgan cho‘l hududlarida ahvol og‘ir ekanini aytishdi: suvsizlik tufayli dalalaridagi ekinlar qurib qolmoqda.

Dehqonlar ekinlarni sug‘orishga suv yetmayotgani, chorvadorlar esa mol-qo‘ylarini boqa olmayotganliklaridan nolimoqda.

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mulozimi 5 iyun kuni Ozodlik savollariga javoban, may oyi boshidagi texnogen ofat sabab "Sardoba" ombori suvining qariyb 40 foizi ketib qolgani, shu bois, uning atrofidagi dasht va cho‘l hududlarida qurg‘oqchilik bo‘layotganini tasdiqladi.

Lekin, mulozim vaziyat vahima qiladigan darajada emasligini aytdi.

Sardoba tumanining "Uzoqov", "Xo‘jayev" fermer xo‘jaliklaridan Ozodlikka yuborilgan suratlarda yerdan nam qochib, ekinlar qovjiray boshlaganini ko‘rish mumkin.

Dehqonlar ekinlarni sug‘orishga suv yetmayotgani, chorvadorlar esa mol-qo‘ylarini boqa olmayotganliklaridan nolishadi.
Dehqonlar ekinlarni sug‘orishga suv yetmayotgani, chorvadorlar esa mol-qo‘ylarini boqa olmayotganliklaridan nolishadi.

Ismini oshkor qilishni istamagan mahalliy fermerlarga ko‘ra, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan kelgan dehqonlar suv yo‘qligi uchun yerlarni tashlab ketishyapti.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim dehqonlar esa, hatto ichimlik suvi yetmayotganidan nolidi.

- Nafaqat yer so‘g‘orishga, xatto aholi kunlik extiyoji uchun ham suv yo‘q lotoklarda. Uy xayvonlariga suvni sotib oberishga hammani ham qurbi yetmaydi. Ekinlar uch kun suv ichmasa, o‘ladi. hosil xavf ostida, - dedi sardobalik fermer.

Sirdaryolik fermerlar ekinlari suvsizlikdan qurib bitayotganini aytishadi.
Sirdaryolik fermerlar ekinlari suvsizlikdan qurib bitayotganini aytishadi.

Ba’zi fermerlar esa ekinlari butkul qurib bitganini aytishdi.

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligining Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mulozimi Ozodlikka Sardoba suv omboriga qarab qolgan dasht va cho‘l hududlarida qurg‘oqchilik bo‘layotganini tasdiqladi. Lekin, vaziyat vahima qiladigan darajada emasligini aytdi.

Mulozimga ko‘ra, "Sardoba" suv omborida 1 maydagi texnogen ofat oqibatida u yerda to‘plangan 1 milliard kub metr suvning qariyb 40 foizi yo‘qotilgan.

- O‘tgan yili suv bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan edi, bu yil mana bu ofatdan so‘ng qiyin bo‘lyapti. Sardobaning 400 million kub metr suvi ketib qolgan, shuning uchun bu yil suv masalasida, ayniqsa, shu ombordan syg‘orib kelingan cho‘l yerlarida qiyin bo‘lyapti, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan mulozim.

Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i o‘tgan hududdagi "Sardoba" suv ombori O‘zbekistonning asosan cho‘l hududida joylashgan yerlarni sug‘orish uchun 2018 yil mayida ishga tushirilgan edi.

Ushbu suv ombori "cho‘l o‘rtasidagi dengiz" deb ham ta’riflab kelingan.

"Sardoba" suv ombori o‘pirilishi oqibatida 70 mingdan ziyod odam boshqa joyga ko‘chirilgandi.
"Sardoba" suv ombori o‘pirilishi oqibatida 70 mingdan ziyod odam boshqa joyga ko‘chirilgandi.

Shu yil 1 may kuni tongida suv ombori devori o‘pirilib ketib, yaqin atrofdagi aholi maskanlari suv ostida qoldi.

Oqibatda, kamida, 70 ming odam vaqtincha boshpanasiz qoldm, aholining turar-joylariga va ekinzorlariga zarar yetdi.

Сардоба сув омбори ўпирилди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:05 0:00

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi tergovida to‘rt versiya o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Shu versiyalardan biri qurilish me’yorlarining buzilishi, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklardir.

XS
SM
MD
LG