Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:46

“Hokim o‘z lafzida turmadi: va’da qilgani yerni bermadi ”


Andijon viloyat, Baliqchi tumanidan OzodMikrofonga arz qilgan dehqon ayol Munojot Hamdamovaning arz qilishicha, 4 oy yugur-yugurdan so‘ng, tuman hokimi unga dehqonchilik qilish uchun yer ajratib berishni va’da qilgan. Lekin hokim o‘z lafzida turmagan.

“Men 2019 yil oktabridan beri Baliqchi tuman hokimi qabuliga tadbirkorlik qilish uchun yer so‘rab, bo‘zchining mokisiday qatnadim. Lekin xar safar qabulida bo‘lganimda keyin kel deyishdan charchamadi. Hech qanday natija bo‘lmagandan keyin 29 fevralda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning qabuliga bordim va u yerda Baliqchi tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov yo‘limni to‘sib, murojaatimni ijobiy hal qilib berishga lafz qildi va men hokimning va’dasiga ishonib, ortga qaytdim.

“Наҳот кап-катта ҳоким ўз лафзида турмаса?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:36 0:00
Бевосита линк


Hokim 3 kundan keyin kelib o‘zim ish yuritgan yerdan 2 gektar ajratib berishni massiv raisi Jo‘rayev Jasurga buyurdi. U ham yerni o‘lchab berishni bir hafta orqaga surdi men bir necha marta hokimiyatga borganimdan keyingina kelib, o‘lchab berdi. Ming afsus, menga bergan yerning qonuniy egasi bor ekan. Men texnika olib borganimda qarorini ko‘rsatib, chiqarib yubordi.

Xullas, yana meni aldashdi. Yana hokimning oldiga bordim. Sen borib turaver massiv raisi tel qilsin menga deb, qaytarib yubordi.

Orqamdan agroprom Nodir aka kelib “senga yer yo‘q, qayerga borsang bor, qo‘lingdan kelganini qil, tender kuzda, qishda bo‘ladi” deb haqoratlab, katta ko‘chada yig‘latib ketdi.

Lekin tender bir marta emas, ikki marta bo‘libdi. Menga xabar berishmagan ham. Boshqa odamga o‘sha yerni berib yuborgan.

Nahotki prezidentimiz ayollarga imtiyoz, yengilliklar ber, yordam ber deb turgan bir paytda hokimlar meni yosh boladay yugurtirib, aldasa. Men yerning ichida katta bo‘lgan ayolman, dehqon ayolman. Yerni yaxshi ko‘raman, qo‘limdan boshqa ish kelmaydi.O‘sha yerni gullatib, ikki-uch kishini ish bilan ham ta’minlagan bo‘lar edim. Nahotki, kap-katta hokim lafz qilsayu, lafzidan qaytsa? Nahotki prezident ishonib qo‘ygan hokimlar ayollarni aldash bilan ovora bo‘lsa?!”

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG