Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:54

OzodSuhbat: Professor Allaqulov o‘z nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga qo‘ymoqchi


Professor Xidirnazar Allaqulov.
Professor Xidirnazar Allaqulov.

“Millatga, Vatan taraqqiyotiga xizmat qiladigan uyushmalar tuzilsa, ularda ishtirok etsam yoki xalqning ichidan chiqadigan shunday uyushmani mening o‘zim tuzsam, degan fikrlar menda har doim bo‘lgan. Lekin bugungi kunda buni amalga oshirish kerak degan qat’iy fikrga kelganman. “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini tuzish rejasini amalga oshirim kerak, degan qarorga keldim”.

Termiz davlat universitetining sobiq rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, 64 yashar professor Xidirnazar Allaqulovning bu bayonoti uning OzodSuhbat eshittirishiga bergan suhbati davomida yangradi.

Professor Allaqulov bilan suhbat uning Toshkentda chiqadigan “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimga yaqinda bergan suhbatidan paydo bo‘lgan savollar atrofida bo‘ldi.

O‘sha suhbatda Xidirnazar Allaqulov O‘zbekistonning bugungi iqtisodiy ahvoliga baho berar ekan, mamlakat aholisining "70 – 75 foizi qashshoqlik darajasida" kun kechirayotganini aytgan va bu gapni bugungi suhbat davomida ham takrorlar ekan, bunday ahvolning sabab va ehtimoliy oqibatlariga to‘xtaldi, ahvolni o‘nglashning yo‘llarini taklif qildi.

OzodSuhbat: Профессор Аллақулов янги партия тузмоқчи, ўз номзодини Ўзбекистон президентлигига қўймоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:02 0:00
Бевосита линк


Xidirnazar Allaqulov haqida Ozodlik bundan 2 yil muqaddam, 2018 yilning 15 mayida birinchi marta yozgan edi.

O‘shanda professor arizasi yuzasidan BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi 2017 yil avgustida chiqargan xulosada uning huquqlari buzilgani qayd etilganini aytib bergan edi.

Qo‘mita o‘z xulosasida Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktga a’zo O‘zbekiston Allaqulovga huquqiy himoyaning samarali vositalarini taqdim etishi shartligini belgilagan.

Professor Allaqulovning bundan 2 yil muqaddam aytishicha, uni BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga arz qilishga O‘zbekiston sudlari uni mutlaq oqlaganidan keyin ham ishga qayta tiklanmagani sabab bo‘lgan.

“Meni respublikaning 8 ta shahar va tumanidagi 14 ta sudning 30 dan ortiq sudyasi 3 yil sudladi. Sudlarning barchasi meni haq deb, davlat va uning organlarini nohaq, deb topdi. Sud 2006 yil, 23 fevralda menga nisbatan oqlov hukmi chiqardi. Bosh prokuratura ikki marta protest kiritdi. Lekin sudlar protestlarni rad etdi. Va 2007 yil, 5 iyundan e’tiboran oqlov hukmi uzil-kesil qonuniy kuchiga kirdi”.

2018 yil, 15 mayda e’lon qilganimiz material bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG