Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:36

Amerika joyida turibdimi?


Qo‘shma Shtatlardagi ko‘pchilik shaharlarda komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, 3 iyunga o‘tar kechasi norozilar sakkizinchi tunni ko‘chada o‘tkazdi. Norozilik namoyishlari tartibsizliklarga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgani ortidan bir necha kun oldin o‘nlab shaharlarda komendantlik soati joriy etilgandi.

AQSh shaharlaridagi norozilik namoyishlari 25 may kuni Minneapolis shahrida oq tanli politsiyachi kamida 20 kishi guvohligida afroamerikalik Jorj Floydni bo‘g‘ib qo‘ygani ortidan boshlanib ketdi. Tinch namoyishlardan tashqari, ayrim norozilar binolarga va avtomobillarga o‘t qo‘ydi, politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi va do‘konlarni talon qildi.

Namoyishchilar 25 may kuni qo‘lga olinganidan keyin Minneapolis kasalxonasida jon bergan 46 yoshli Floyd o‘limida o‘ynagan roli uchun oq tanli to‘rt nafar politsiyachi sudlanishini talab qilishmoqda.

Tramp 30 may kuni Jorj Floydning o‘limini mamlakatni g‘azabga keltirgan va musibatga tushirgan “jiddiy fojia”, deb atagan edi. Tramp norozilik namoyishlari “olomonning zo‘ravonligiga” aylanib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.

Bir necha yillardan beri AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bugungi OzodNazarda voqealar rivoji hamda norozilik aksiyalari ko‘lami nega kengayib ketganiga oid o‘z qarashlarini o‘rtoqlashdi.

Америка жойида турибдими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:21 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG