Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:27

Moskva yaqinida tiriklay yonib ketgan o‘zbeklar shaxsi aniqlandi. Ularning eng yoshi 24, eng kattasi 44da bo‘lgan (VIDEO)


Durnixada yongan imoratning ikkinchi qavati yog‘ochdan yasalgan bo‘lgan.
Durnixada yongan imoratning ikkinchi qavati yog‘ochdan yasalgan bo‘lgan.

Moskva viloyati Ramenskoye tumani Durnixa qishlog‘ida 5 may kuni yuz bergan yong‘inda kuyib ketgan olti nafar o‘zbek muhojirining shaxsi aniqlandi.

Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, ulardan uch nafari ayol va uch nafari erkak kishi bo‘lgan. Yonib ketganlarning eng yoshi 24da, eng kattasi esa 44 yoshda bo‘lgan.

Moskva viloyat Tergov qo‘mitasi muxojirlar yotoqxonasida yuz bergan yong‘inga elektr tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Nobud bo‘lgan o‘zbekistonliklarning Ozodlik bilan suhbatlashgan yaqinlari hodisa tafsilotlarini so‘zlab berishdi.

"Xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmagan!"

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyat boshqarmasi Ramenskoye tumaniga qarashli Durnixa qishlog‘ida 5 may tong saharda 6 nafar o‘zbekistonlik hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in sabablariga oid dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi. Tergovchilarga ko‘ra, 20dan ziyod o‘zbekistonlik muhojir ijarada turgan uyda elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan.

-Yong‘inga, dastlabki taftish ma’lumotlariga ko‘ra, elektr tarmog‘i nosozligi sabab bo‘lgan. Ikki qavatli bino yong‘in xavfsizligi qoidalariga mutlaqo rioya qilmasdan qurilgan, - dedi Ozodlikka ismini oshkor qilmagan tergov xodimlaridan biri.

Ozodlikning rasmiy manbalardan olgan ma’lumoticha, Ramenskoye tumani Durnixa qishlog‘i, 96a uyda 5 may kuni nobud bo‘lganlar ro‘yxati quyidagicha:

1. Sattorova Gulmira, 1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan;

2. Sattorova Zamira, 1976 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan;

3. Bo‘riyeva Komila, 1990 yilda tug‘ilgan;

4. Safarov Istam, 1979 yilda tug‘ilgan;

5. Abdimannonov Safarboy, Navoiy viloyatida 1996 yilda tug‘ilgan;

6. Boboqulov Isomiddin, 1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Tergov rasmiylari o‘zbek muhojirlari masalasi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan nazoratga olingani va ular bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Jasadlar qattiq kuyib ketgani sababli DNK ekspertizalari olib borilayotgani va murdalar kimga tegishli ekani aniqlanayotganini bildirishdi.

"Ular chuvalchang terib, kun kechirgan"

Ozodlik muxbirlari Durnixa qishlog‘idagi hodisa joyiga borib, yonib ketgan muhojirlar yaqinlari bilan uchrashdi.

6 ўзбек муҳожири Москвада тириклай ёниб нобуд бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00

Suhbatdoshlarimizdan biri Rahimjon. U bino yonayotgan paytda ikkinchi qavatdan sakrab, o‘limdan omon qolganini, ammo oyog‘i jarohatlanganini aytdi.

- Men ularni birortasini tanimayman - ko‘pchilik endi shahardan kelgandi. Men ikkinchi qavatdan qochib chiqayotganimda oyog‘imdan jarohat oldim. Tutun hidini sezib uyg‘onsak, pastimizdan olov chiqayotgan ekan. O‘lganlar ikkinchi qavatda yashardi, nima uchun chiqolmaganini bilmadim.

Ozodlik suhbatlashgan Zoyir ismli boshqa bir muhojir o‘tda qolgan Gulmira va Zamira ammasining qizlari ekanini aytdi:

- O‘zi ular ikki kun bo‘lgandi kelganiga. Shaharda ish qolmaganidan keyin ishsiz edi, bu yerga mehmonga keluvdi, - deydi Zoyir.

O‘zbek muhojirlari politsiya ularning pasportlarini olib ketgani va hech kimga ma’lumot bermaslik to‘g‘risida tilxat oldirganini ham ma’lum qildi.

Surishtiruv natijasida yonib kul bo‘lgan binoda yashab kelgan o‘zbekistonliklarning aksari shaharda ishsiz-mablag‘siz qolib, ijara pulini to‘lolmasdan kelib qolgan ishchilar ekani ma’lum bo‘ldi.

Shu qishloqda kun kechirib kelgan jizzaxlik Farruhning aytishicha, yong‘in chiqqan hovlida asosan gumus uchun yon-atrofda chuvalchang terib, maxsus qutilarga joylashtirib kun kechirgan muhojirlar yashagan.

Ozodlik Durnixada kuyib ketgan Navoiyning Navbahor tumanidan Moskvaga mehnat muhojirligiga kelgan 24 yashar Safarboy Abdimannonov akasi Yusufjon bilan suhbatlashdi.

Yusufjon Moskva shahrida va viloyatida izolyatsiya sharoitida ish topolmagan ukasi Ramenskoyedagi bu hovliga qanday kelib qolganini aytib berdi.

- Ukam Ozodlik Radiosi reportaj qilgan “Perekryostok” skladida ishlab yurardi. Zakazlar ko‘payib ketib, dam olishsiz ishlagan ukamni oyog‘i og‘rib qoldi va shu joyga “kunlik 1,5 ming rubl berarkan”, deb ketib qoldi. O‘tgan kuni gaplashganimizda “Yaxshiman, hammasi o‘zimizni qishloqdan, ishim yaxshi, xavotir olmang!”, dedi. Ular chuvalchanglarni upakovka qilardi. Har bir korobkaga pul berarkan, dedi Yusufjon.

Suhbatdosh yonayotgan uydan chiqib, qutulib qolgan muxojirlar bilan suhbatlashib, Safarboy yong‘inda qanday qolib ketganini aniqlaganini so‘zladi.

- Ertalabki 4larda yong‘in boshlanganida ular uxlab yotgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikki qavatli binoning ikkinchi qavati to‘liq taxtadan yasalgan. Yong‘in 1-etajdan chiqib, tutun ikkinchi qavatga borganida, bittasi uyg‘onib hammasini ko‘chaga olib chiqqan. Orasida bittasi “Dokumentlarim qolib ketibdi!”, deb orqaga qaytgan. Ukam ham shuni orqasidan kiribdi-da. Birinchi etaj yonib bo‘lgan, ular ikkinchi qavatdan yonib bo‘lgan taxtalar qulab, birinchi qavatga alanga ichiga tushgan. Yopiq xonada ular hushidan ketganmi, dimiqqanmi - o‘sha joyda jasadi topildi.

Politsiya tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Rossiyaning turli o‘lkalarida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining yong‘inda ommaviy nobud bo‘lgan boshqa holatlar oldin ham kuzatilgan.

2020 yilning yanvarida Tomsk viloyati Asinovsk tumanidagi yonib ketgan yog‘ochdan qurilgan yotoqxonada 12 mehnat muhojiri halok bo‘lgandi.

Eng katta fojialardan biri 2012 yilning aprelida sodir bo‘lgan. Moskvaning Kachalovo bozoriga tegishli omborlardan birida chiqqan yong‘in oqibatida 17 surxondaryolik yuk tashuvchi yigitlar jasadi topilgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG