Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:48

“Arzon go‘sht evaziga arzon kunjara va’da qilgan Andijon yog‘ zavodi ikki yildan beri aldaydi”


Andijon viloyat, Bo‘z tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkorning aytishicha, u va yana o‘nlab tadbirkor 2018 yilda Toshkentdagi Farhod bozorida tashkil qilingan yarmarka uchun arzon narxda go‘sht topshirgan:

“Ярмаркага арзон гўшт сотган эдим, лекин ваъда қилинган арзон кунжара берилмади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:41 0:00
Бевосита линк

“Tuman hokimligi va’dasi bo‘yicha Andijon yog‘-moy aksionerlik jamiyati bilan shartnoma tuzgan edik. Shartnomaga ko‘ra, biz tadbirkorlar Toshkent yarmarkalariga arzon narxda go‘sht beramiz, buning evaziga esa yog‘zavod bizga arzon narxda kunjara va sheluxa beradi. Go‘shtni arzon olib, eshagi loydan o‘tib bo‘lganidan so‘ng hokimiyat ham, yog‘ zavodi ham arzon kunjara va sheluxa berishdan bosh tortib kelmoqda. Menku 1000 dollarlik mahsulot sotganman, lekin 5-10 ming dollarlik go‘sht sotgan boshqa tadbirkorlar ham bor. Ikki yildan beri Andijon yog‘ zavodi ham, hokimiyat ham bizlarni aldab kelmoqda”.

Bo‘z tumanidan arzon go‘sht topshirgan tadbirkorlar ro‘yxati
Bo‘z tumanidan arzon go‘sht topshirgan tadbirkorlar ro‘yxati

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG