Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:37

“Nogiron erim va uch yosh bolam bilan karantinda qiynalib qoldik, “1197” yordam bermadi”


Buxoro viloyati Vobkent tumanining Rozmoz qishlog‘idan OzodMikrofon ga arz qilgan Xolida Tilavovaning aytishicha, karantinda ishsiz qolganidan so‘ng, nogiron eri va uch yosh bolasi bilan juda qiynalib qolgan:

“O‘zim to‘yxonada idish yuvib, tirikchilik qilardim. Erim ikkinchi guruh nogironi, ishlay olmaydi. Bolalar och qolyapti. Oyijonim qarashib turibdilaru, lekin ularning ham ro‘zg‘ori katta, hammaga yetkaza olmayaptilar. 1197ga tel qilib vaqtincha yordam so‘rasam, bir nomer berishdi. U nomerga tel qilsam, bo‘pti yordam olib borib beramiz dediyu, shu bilan o‘chdi. O‘n kundan beri daragi yo‘q. Men yordam so‘ramasdim, o‘zim ishlab oilamni boqa olaman, lekin karantin sabab ish ham yo‘q”.

“Ногирон эрим ва уч ёш болам билан карантинда қийналиб қолдик, “1197” ёрдам бермади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:25 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG