Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:36

Rossiyadagi o‘zbeklar avtokolonnada yo‘lda chiqdi. Qozog‘iston ularga tranzit yo‘qligini aytmoqda (VIDEO)


Qozog‘istonda 11 maygacha "favqulodda vaziyat" joriy etilgan va mamlakat chegaralari o‘tib-qaytish uchun yopib qo‘yilgan.
Qozog‘istonda 11 maygacha "favqulodda vaziyat" joriy etilgan va mamlakat chegaralari o‘tib-qaytish uchun yopib qo‘yilgan.

Rossiyaning turli mintaqalaridan yig‘ilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar avtokolonnada O‘zbekiston tomon yo‘l oldi.

Ozodlik bilan suhbatda karantin davrida ishsiz va pulsiz qolgan muhojirlar kutishdan charchab¸ shunday to‘xtamga kelganini aytdi.

Rossiya chet elliklarning o‘z hududini tark etishiga ruxsat bergan. Ayni paytda¸ Qozog‘iston chegara xizmati mamlakatda 11 maygacha koronavirus bilan bog‘liq favqulodda holat saqlanib qolishi va o‘z hududi faqat xalqaro yuklar tranziti uchungina ochiqligini bildirdi.

30 aprel kuni Rossiyaning turli mintaqalarida guruh bo‘lib to‘plangan muhojirlar yengil mashina va avtobuslarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasi tomon kolonna bo‘lib yo‘lga chiqdi.

Moskvadan chiqqan kichik guruhdagi Farrux ismli haydovchining Ozodlikka aytishicha¸ muvofiqlashgan holda yo‘lga chiqqan mashinalar sonining 100 dan ko‘pdir.

- Biz Telegram orqali shofyorlar guruhida yig‘ildik. U yerda mingtacha odam bor. Hammamiz 15 martgacha kirib kelganmiz, 1-2 oy bo‘lyapti ishsizmiz. Pulimiz tugadi - olib kelganini yeb tugatdik. Yotoq joyga pul so‘raydi. Ilojsiz qolgan muhojirlar bizga qo‘shildi - ketyapmiz. Piterning o‘zidan 30-40 mashina, Moskvadan - 40-50 mashina, Ryazandan va Tuladan 10 tadan mashina yo‘lga chiqqan. Undan tashqari Voronejdan, Ijevskdan kelyapti, Samarada kutib turibdi mashinalar. Hammasi passajirlari bilan kelyapti! Bular hammasi quyilib, Orenburgda bitta bo‘ladi. Bizni yo‘lda yana 4 avtobusda odam kutyapti Samarada.

Россиядаги ўзбеклар автоколоннада йўлда чиқди. Қозоғистон уларга транзит йўқлигини айтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:36 0:00

Farruxning aytishicha, odam tashuvchi mikroavtobuslarda 6-7 dan, yengil mashinalarda esa 4-5 tadan yo‘lovchi chegara tomon ketmoqda.

Haydovchi hisob-kitobicha¸ Orenburgga 100 ta mashina yetib borgan taqdirda ham, avtobusdagilarni hisobga olmaganda, 600-700 o‘zbekistonlik karantin rejimiga qaramay¸ Rossiyadan O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

- Rossiya to‘sqinlik qilmayapti chiqishga. O‘zbekiston ham qabul qilib oladi deb umid qilyapmiz. Lekin Qozog‘istonda muammo bo‘ladi. Mashinalarda ayollar, yosh bolalar, keksalar bor. Bular ketmasa iloji yo‘q - oziq-ovqat olvolgan hamma, tugasa qolganlarinikini yeymiz, deb kelishdik. Bu yog‘da yotishga joyi yo‘q ko‘pchilikning¸ puli qolmaganidan ijara uyidan chiqarvorgan. Puli borlar qolyapti Rossiyada, lekin ular ham tayyor ketishga ko‘pi! Hozir 100-150 mashina o‘tib ketsa, izidan ketishga yana 200 mashina tayyor turibdi, dedi Farrux.

Haydovchi suhbatdoshga ko‘ra¸ Sankt-Peterburgdan chiqqan mashinalar Ryazanda kutib turgan boshqa kolonnaga qo‘shilib¸ yo‘lni davom ettiradi.

Ryazandan o‘tganda boshqa guruhlarni kutib turgan kolonna boshlovchilaridan biri buxorolik Fazliddin Rossiyada nihoyatda tang ahvolda qolganlar tavakkal qilib yo‘lga chiqqanini aytadi.

- Bizlar uyga ketish uchun Orenburgga yo‘l oldik. O‘zbekistondan kelib qolgan 200-300 mashinadagi odamlarning ishi bo‘lmasa, joyi bo‘lmasa - nima qilishi kerak, deysiz?! Men o‘zim qarindoshlarimni olib ketyapman - ularning ishi qisqargan, bu erda qanday kunini ko‘rsin? Koronavirus deb ishxonalar yopildi, ish qisqardi. Kelganimizga 2 oy bo‘lyapti! Mashinaning ichida uxladim shu kunlarda o‘zim. Shunga, uyga ketishdan boshqa ilojimiz qolmadi. Uyga borsak mol boqasiz, yer ekasiz¸ boshqa yurtda qiyin. Chegaraga boraylikchi, bir gap bo‘lar. Bo‘lmasa - o‘sha yerda yotamiz.

Fazliddin hozircha to‘planayotgan mashinalar trassadan chiqmayotgani sababli biror GAI xodimi ularni to‘xtatmaganini bildirdi.

Suhbatdosh Rossiyadan yo‘lga chiqqan barcha mehnat muhojirlari nomidan O‘zbekiston hukumatiga Ozodlik orqali murojaat qildi:

- Bu yerda shuncha xalqimiz qolib ketdi. Ishsiz, nonsiz, joysiz qoldik! Hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga iltimos qilamiz - yurtimizga ketish uchun yo‘l ochib bering, yurtimizga boraylik. Xalqingiz bu yerlarda xoru-zor bo‘lib yurmasin! Shu yerdagi migrantlar nomidan so‘rayman - Qozog‘iston chegarasidan o‘tib ketishga ko‘mak bering. Bizga avtobus yoki boshqa yordam ham kerak emas. 14 kun karantinda kirib yotishga ham tayyormiz. Bizga faqat yo‘l ochib bersalaringiz bo‘ldi - boshqa hech narsa talab qilmaymiz!

Fazliddin hozirda o‘zi yrtakchilik qilayotgan kolonnaning “Orenburg-Sagarchin” nazorat punktiga ketayotgani va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan mashinalar ham shu yerda jamlanishini bildirdi. Suhbatdosh yana bir nechta o‘zbekistonliklar guruhi Qozog‘istonning boshqa chegara punktlari orqali o‘tib ko‘rishga urinishini ham bildirdi.

Qozog‘iston chegarachilari nima deydi?

Ozodlik Qozog‘iston davlat chegara xizmatining bir nechta nazorat-o‘tkazish punktiga murojaat qilib, o‘zbekistonlik muhojirlar kolonnasiga tranzit uchun ruxsat berilish istiqbolini so‘radi.

- Bizda jismoniy shaxslarning tranzit harakatlanishi hozircha taqiqlangan. Faqat maxsus ruxsatnoma asosida ish yuzasidan ketayotganlarga ruxsat berilgan. Biz faqat Qozog‘istonda bo‘lganlarga chiqib ketishga ruxsat beryapmiz, xolos. 11 maygacha bizda “favqulodda vaziyat” holati saqlanib turadi. Maxsus ruxsat bo‘lmaguncha xorijliklarga kirish mumkin emas. Agarda davlat rahbarlari o‘rtasida qandaydir kelishuv bo‘lsa, boshqa gap, dedi jumladan Jambil viloyati chegara xizmati rasmiysi Imanbay Dovletov.

29 aprel kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin grajdanligi yo‘q yoki ikkinchi grajdanligi bo‘lgan shaxslarga Rossiyani tark etishga ruxsat beruvchi maxsus qaror imzoladi.

Hozirgcha Rossiya xorij grajdanlarining karantin paytida mamlakatni tark etishga hech qanday to‘sqinlik qilgani yo‘q.

1 mayga kelib Rossiyada koronavirusga chalinganlar kunlik soni rekord darajaga yetdi va 7933 tani tashkil etdi.

Kasallanganlar orasida mamlakat Bosh vaziri ham bor.

XS
SM
MD
LG