Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:46

OzodSuhbat: “Bosh og‘risa do‘xtirdan yordam so‘raymiz. “Til og‘risachi?”


OzodSuhbat - Ozodlikning yangi eshittirishi.

OzodNazardan farqli o‘laroq, bu eshittirishda ekspertlar, tahlilchilar emas, kunning u yoki bu voqeasining hech yo‘q bir chetiga aloqasi bor har qanday tinglovchi ishtirok etishi mumkin.

Davlat tilida matni bo‘lmagan boshqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portali ma’muriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chirilishi haqida ogohlantirildi. Ushbu ogohlantirish joriy yilning 20 apreldan joylashtirilgan.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, davlat organlari loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga mustaqil ravishda o‘zlari joylashtirishadi. “Davlat tili haqida”gi qonunning 8-moddasiga asosan esa O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon etilishi lozim.

Bu yangilik keyingi yillarda rasmiy Toshkent davlat tiliga e’tibor qarata boshlaganining yana bir belgisidir.

Ayni paytda o‘zbek tili “parvarishiga” fuqarolik jamiyati vakillari ham bel bog‘ladiki, virtual “Til kengashi” a’zolari ularning bir guruhidir.

OzodSuhbat eshitirishiga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (O‘zbekiston) hamda Peloponnes universiteti (Gretsiya) bitiruvchisi, “Til kengashi” guruhi a’zosi, iqtisodchi va siyosatshunos Husniddin Hayitboyevni taklif qildik.

“Бош оғриса дўхтирдан ёрдам сўраймиз. “Тил оғрисачи?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:31 0:00
Бевосита линк


OzodSuhbat eshittirishida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar muallifning (Sarvar Usmon) Feysbukdagi sahifasiga, “Shaxsiy”iga yozsin.

OzodSuhbatdan bonus: mehmon suhbat oxirida mezbonga bitta savol berishi mumkin.

XS
SM
MD
LG