Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:27

Donald Tramp AQSh tarixida birinchi marta Kongress faoliyatini to‘xtatishi mumkin


Trampgacha Kongress faoliyatini to‘xtatish huquqidan birorta prezident foydalanmagan.
Trampgacha Kongress faoliyatini to‘xtatish huquqidan birorta prezident foydalanmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp oliy davlat lavozimlariga tavsiya qilgan nomzodlari haligacha lavozimlarga tasdiqlanmagani ortidan Kongress faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Tramp o‘zi tavsiya qilgan nomzodlar, jumladan, Amerika ovozi va Ozod Yevropa-Ozodlik radiolari faoliyatini boshqaruvchi federal agentlik rahbarligiga nomzod, shu kungacha tasdiqlanmaganidan xafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi. Amerika ovozi va Ozod Yevropa-Ozodlik radiolari AQSh soliq to‘lovchilari hisobidan moliyalashtiriladi.

Trampning bu bayonoti Oq Uy Amerika ovozi radiosini tanqid qilayotgan bir paytda yangradi. Tramp ma’muriyati Amerika ovozi radiosini koronavirus pandemiyasi borasida Xitoy propagandasini tarqatayotganlikda ayblamoqda.

"Senat o‘z majburiyatini bajarib, men tavsiya qilgan nomzodlarni tasdiqlashi lozim, aks holda uning faoliyati rasman to‘xtatiladi va men bu oraliqda nomzodlarni lavozimlarga tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘laman”, - dedi Tramp.

AQSh Konstitutsiyasida prezident Kongress majlislarida tanaffus e’lon qilish huquqiga ega. Mazkur tanaffus davrida prezident o‘zi istagan nomzodni lavozimga tasdiqlay oladi. Ayni paytda esa Senat ko‘pchilik ovoz bildan prezident tavsiya qilgan nomzodlarni tasdiqlashi shart. Senatdagi ko‘pchilikni bugungi kunda Trampning partiyadoshlari-respublikachilar tashkil qiladi.

Shu kungacha AQShning birorta prezidenti Kongress majlislarida tanaffus e’lon qilish huquqidan foydalanmagan.

Donald Tramp o‘z bayonotida Senat hujjatli filmlar rejissyori Maykl Pekni Global media bo‘yicha AQSh agentligi rahbari lavozimga tasdiqlashni cho‘zib yuborganiga alohida e’tibor qaratdi.

“Uning nomzodini ko‘rib chiqish jarayoni ikki yilga cho‘zilib ketdi. Bu esa bizga Amerika ovozini boshqarishda to‘sqinlik qilyapti. Bu juda muhim”,- dedi Tramp.

Prezident o‘z so‘zida “Amerika ovozini eshitish ko‘ngil aynita boshladi”, deb ta’kidladi.

Amerika ovozi radiosi direktori Amanda Bennet Oq uydan yangrayotgan tanqidlarga munosabat bilddirar ekan, jamoatchilik tomonidan moliyalashtiriladigan mustaqil media muammoni har tomonlama yoritish huquqiga ega ekanini va bunga qonun oldida javobgar ekanini bildirdi.

Xorijga mo‘ljallangan xalqaro mediakorporatsiyalar, AQSh qonunchiligiga asosan, o‘z mahsulotlarini Qo‘shma Shtatlar hududida reklama qilish va tarqatish huquqiga ega emas.

XS
SM
MD
LG