Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:38

TIV: Rossiyadagi o‘zbeklarni olib kelishga reyslar uyushtirilmagan. Firibgarlarga aldanib qolmang (VIDEO)


Внуководаги муҳожирлар: "Бу ерда фақат оддий мигрантлар қолди! Ватанимизда карантинда ўтиришга тайёрмиз!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Vnukovodagi muhojirlar: "Bu yerda faqat oddiy migrantlar qoldi! Vatanimizda karantinda o‘tirishga tayyormiz!"

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi 30 aprel kuni rasmiy saytida Rossiyadagi o‘zbek muhojirlarini olib kelish uchun charter reyslar uyushtirilmaganini bildirdi.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Firibgarlar Vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida “ma’lumotlar yig‘ish” va yo‘lovchilar “ro‘yxatini” tuzishni boshlab yuborgan”, deb boshlanadi TIV bayonoti.

Vazirlik mehnat muhojirlarini bu kabi firibgarlarga aldanib qolmaslik va ularning mish-mishlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik haqida ogohlantirgan. Bayonotda “2020 yilning 30 martidan 20 aprelgacha O‘zbekistonlagi barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnov to‘xtatilgani” qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiyadagi muhojirlarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va tarqatmaslik maqsadida vaqtinchalik, doimiy yashash joylarini tark etmaslik tavsiya qilingan.

“Rossiyadagi vatandoshlarimizni yana bir bor firibgarlar tarqatayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini, pul o‘tkazish orqali charter reyslarga aviachipta sotib olish haqidagi takliflarni inkor qilishlarini, xotirjamlikni saqlagan holda rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini so‘rab qolamiz”, deb yakunlanadi bayonot.

2020 yilning 16 martidan koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovlari ham to‘xtatilgani e’lon qilindi.

18 mart kuni esa Ozodlik radiosi Rossiya aeroportlarida minglab o‘zbekistonliklar parvozlar bekor qilingani ortidan vatanlariga qayta olmayotgani haqida xabar bergan.

O‘zbekistonga qayta olmayotgan muhojirlar bilan suhbatlashgan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vakillari yo‘lovchilarga vaziyatga to‘g‘ri baho berishni, vahima qilmaslik va iloji boricha o‘z ish joylariga qaytib, karantin tugaguncha O‘zbekistonga kirmaslikni tavsiya qilgan.

18 martdan 1 mayga qadar Rossiya xorijliklarning kirib kelishiga taqiq qo‘ygan.

29 mart kuni Tashqi ishlar vazirligi 30 mart soat 00:01dan boshlab 20 aprelь soat 00:01ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilishi haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Xabarda bunday qaror “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi” tomonidan qabul qilingani bildirilgan.

Avvalroq respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda 30 mart ertalabki soat 6 dan 20 aprel tungi soat 12 ga qadar mamlakat bo‘ylab shaxsiy mashinadan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish taqiqlangan edi.

Qarorga asosan avtotransport vositalari davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker) asosidagina harakatlanishi mumkin.

Bugungi kungacha O‘zbekistonda 145 kishida koronavirus aniqlandi, 2 bemor vafot etdi, 7 bemor tuzalib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG