Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:32

Ekspertlar: YOIIga kirish Rossiya tarkibiga kirish deganidir


Qurultoy eshittirishida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) kirishi oqibatlari haqida iqtisodchi olim va taxlilchilar fikr almashdi.

Қурултой: ЕОИИга кириш оқибатлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:44 0:00
Бевосита линк


Eshittirishda qatnashgan Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov «Rossiya manfaatlariga moyil prezident Mirziyoyev O‘zbekistonni halokatga eltmoqda» deya fikr bildirdi.

Chexiyadagi Bohemiya universtiteti o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori Xolnazar Omonov esa¸ O‘zbekiston YOIIga a’zo bo‘lishi ortidan Rossiyaning to‘liq nazoratiga o‘tishidan havotir bildirdi. Olimga ko‘ra¸ O‘zbekiston mustaqilligini tom ma’noda xavf ostiga qoldiradigan bu tashkilotga kirishni yoqlayotgan «ekspert»lar nomi tarixga qora xarflar bilan yo.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida uzoq yillar ishlagan iqtisodchi Saodat Qosimova O‘zbekiston YOIIga kiradigan bo‘lsa, o‘z qoidalarini ittifoq standartlari bilan muvofiqlashtirishi ortidan katta imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’kidladi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ Singapur va Eron kabi ulkan iqtisodga ega davlatlar intilayotgan bu ittifoq siyosiy emas¸ balki iqtisodiy uyushma xolos.

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish oqibatlari haqida maqola yozgan jurnalist Bobomurod Abdullayev iqtisodchi Saodat Qosimova fikrlarini shubha ostiga oldi:

- Ittifoqqa kirgan Qirg‘iziston va Armanistonning ohirgi yillardagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, men ham: “Bu Ittifoqqa kirib bo‘lmaydi” – degan fikrga kelganman. O‘z vaqtida O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov bu ittifoqqa tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov 2019 yilning dekabrida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma’lum qilgani haqida o‘z Telegram-kanalida yozgan edi.

2019 yilning oktabri boshida Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rasmiy Toshkent YOIIga qo‘shilish ehtimolini ko‘rib chiqayotgani, yakuniy qarorga hali kelinmaganini aytgandi.

2019 yilning oktabri boshida O‘zbekistonda bo‘lgan Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning YOIIga qo‘shilishi "mavzusiga bir necha marotaba qaytganliklari"ni aytgan edi.

O‘shanda Rossiyadagi ayrim xabar agentliklari Matviyenkoning "Mirziyoyev qaror qabul qildi, O‘zbekiston hukumati YOII qo‘shilish masalasini ishlab chiqmoqda", degan so‘zlarini keltirgandi.

YOII

2001 yilning 30 mayida bugungi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) paydo bo‘lishiga omil yaratgan Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi (YOIH) tashkiloti tuzilgan, O‘zbekiston bu tashkilotga 2001 yilda a’zo bo‘lgan va 2008 yilda uni tark etgandi.

Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkiloti negizida 2010 yilda Moskva yetakchiligida Bojxona ittifoqi (BI) tashkil etildi va unga Rossiya, Qozog‘iston, Belarus a’zo bo‘ldi.

Bojxona ittifoqining nomi 2015 yil 1 yanvaridan boshlab Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) deb o‘zgartirilgan.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini tashkil etish haqidagi shartnomani 2014 yilning 29 may kuni Rossiya, Qozog‘iston va Belarus imzolagandi. Shartnomaga muvofiq ittifoq hududida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati ta’minlanadi, iqtisodiyot sohasida kelishilgan yoki yagona siyosat yuritiladi.

Faoliyatini 2015 yil 1 yanvarida boshlagan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga hozirgi paytda Belarus, Rossiya va Qozog‘istondan tashqari Qirg‘iziston va Armaniston a’zo.

XS
SM
MD
LG