Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:31

Erining zo‘ravonligidan shikoyat qilib kelgan 27 yashar Laylo bo‘g‘ib o‘ldirildi


Laylo Gadoyboyeva.
Laylo Gadoyboyeva.

Tojikiston vatandoshi 36 yashar Sanjar Ahatov o‘z xotini O‘zbekiston vatandoshi 27 yashar sirdaryolik Laylo Gadoyboyevani o‘ldirganlikda gumonlanib joriy yil 20 oktabr kuni Tojikistonda qo‘lga olindi.

Bu ma’lumotni Tojikiston So‘g‘d viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi xodimi 10 dekabr kuni Ozodlik muxbiriga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra¸ Ahatov Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ayni paytda tojik rasmiysi¸ O‘zbekiston respublikasi hududida o‘z xotini Gadoyboyevani o‘ldirganlikda gumonlanayotgan Ahatovning O‘zbekiston huquq tartibot organlariga topshirilish ehtimoli nolga tengligini aytdi:

- Biz uni O‘zbekistonga bera olmaymiz, u Tojikiston vatandoshi. Minsk va Kishinyov konvensiyalariga ko‘ra¸ berib yuborish mumkin emas. Bizning vatandoshimiz qanaqa jinoyat qilganidan qat’iy nazar, xorijiy davlatlarga o‘z vatandoshlarimizni bermaymiz. Xorijiy davlatlar bizga jinoyatni o‘rganish uchun jinoyat ishini yuboradilar. Shu yerda tergov olib boriladi. Ayni paytda viloyat prokuraturasi bu ishni tergov qilmoqda. Jinoyatchilikda gumonlanayotgan shaxsning hatti-harakatini o‘zimizning qonunlar asosida sudlaymiz.

Layloni kim va nega o‘ldirdi?

Shu kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston prokuraturasi tergovchilarini qiziqtirayotgan bu savolga javob bergan Layloning yaqinlari “ bu ayol mulozimlar va huquq -tartibot organlari befarqligi bois o‘ldirildi”¸ deb javob berdi.

Ozodlik eri urib o‘ldirgani gumon qilinayotgan Layloning onasi Komila Gadoyboyeva bilan gaplashdi.

Komila opa shu yilning 20 oktabr kuni qizining jasadini uyidan topganini aytib berdi.

Komila Gadoyboyevaga ko‘ra, o‘zi ham, qizi ham, shunday fojia sodir bo‘lishini oldindan bilgan:

- Qizim Sanjar Ahatov bilan shu yilning 20 fevralida turmush qurdi. (Ozodlikda nikoh guvhnomasi bor-tahr.) Ammo Sanjar Ahatovning nikohdan oldin OITS kasaliga chalingani o‘rtaga chiqdi. (Ozodlikda tibbiy xulosa nusxasi bor-tahr.) Qizim "ajrashaman" deb turib oldi. Har ehtimolga qarshi OITS markaziga tekshiruv uchun qon topshirdi. Qizimga OITS yuqmagani ma’lum bo‘ldi. (Bu haqdagi hujjat Ozodlikda mavjud-tahr.)

Oilaviy zo‘ravonlik silsilasi

Komila Gadoyboyevaning aytishicha¸ shundan keyin uning kuyovi Sanjar Ahatov¸ "agar ajrashadigan bo‘lsang¸ seni o‘ldiraman"¸ deya bir necha marta do‘pposlagan:

- Shu yilning 5 sentabrida kuyovim qizimni o‘lasi qilib urdi. Qizim melisa chaqirdi. IIB uchastka inspektori Olim Shojigitov kelib¸ er-xotinni o‘z kabinetiga olib ketib¸ tushuntirish xati yozdirib oldi.

Ozodlik Sirdaryo viloyat Yangiyer shahar IIB xodimi Olim Shojigitov va boshqa xodimlar bilan gaplashdi. Ularnig Ozodlikka aytishicha, Sanjar Ahatov 5 sentabrь kuni “xotinini urmaslik haqida” tilxat olingani ortidan qo‘yib yuborilgan.

Ozodlikdagi sud-tergov hujjatlariga ko‘ra¸ Sanjar Ahatov 20 sentabr kuni xotinini yana qattiq kaltaklaydi.

Layloning onasiga ko‘ra¸ o‘sha kungi janjalda qizning burni lat yegan.

Laylo Gadoyboyeva 20 sentabr kuni eri do‘pposlagani va o‘lim bilan taxdid qilganidan shikoyat etib Yangiyer shahar IIB boshlig‘i G‘olib Ko‘chimovga rasman murojaat qilgan.

IIB boshlig‘i oldiga Gadoyboyeva bilan borgan Layloning qarindoshi Manzura opa Ozodlik bilan suhbatda IIB boshlig‘i G‘olib Ko‘chimovning o‘ta befarq bo‘lgani eslaydi:

-O‘ldiraman, degan odam o‘ldirmaydi. Borib yarashib yashayvering, er-xotinning urushi¸ doka ro‘molning qurishi¸ deb qaytarib yubordi¸ deydi Manzura opa.

Joriy yilning 16 oktabriga kelib Ahatov o‘z xotini Laylo Gadoyboyevani yana do‘pposlaydi. Onasining Ozodlikka aytishicha¸ o‘sha kuni qiziga tan jarohati yetkazilgan va ahvoli og‘ir bo‘lgan:

- IIB tizimidan umidini uzgan qizim bu safar Yangiyer shahar prokuror o‘rinbosaridan ko‘mak so‘radi. Familiyasini bilmayman¸ ismi Elyor ekan bu prokurorning. Afsuski prokuror ham qizim Layloga yordam bera olmadi. Mana uning bir farzandi yetim qoldi¸ deydi marhumaning onasi.

Layloning farzandi yetim qoldi
Layloning farzandi yetim qoldi

Yaqinlarining ishonishicha¸ “agar mulozimlar bu oilaniing ajrashishiga mone’ bo‘lmaganda¸ balki Laylo o‘ldirilmagan bo‘lardi.

Ozodlikda bu oilaning o‘zlari yashagan “Shodlik” MFYsi¸ tuman hokimining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va Yangiyer shahar Xotin-qizlar qo‘mitasiga yozgan murojaatlari bor. Bu murojaatlar hali Laylo tirikligida yozilgan.

Ozodlik bu idoralar vakillari bilan bog‘landi va ulardan tayinli bir izoh ola olmadi.

Oshkora qotillik xronikasi

2019 yilning 20 oktabrida Laylo Gadoyboyeva o‘z uyida o‘lik holda topildi. Ozodlik tasarrufida mavjud bo‘lgan hujjatlarga ko‘ra¸ u bo‘g‘ib o‘ldirilgan.

Layloni o‘ldirishda gumon qilinayotgan eri – Tojikiston vatandoshi - 36 yashar Sanjar Ahatov jinoyatni bo‘yniga olgan. Shu kunda u Tojikistonning Xo‘jand shahrida hibsda saqlanmoqda.

Sirdaryo viloyati prokuraturasiga ko‘ra, Sanjar Ahatovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Ahatov voqeadan so‘ng Tojikistonga qochgani bois, tergovni davom ettirish uchun Tojikiston Bosh prokuraturasiga so‘rov yuborilgan.

Ahatovning onasi Dilorom Nabiyevaga ko‘ra, o‘g‘lining o‘zi militsiyaga taslim bo‘lgan.

- 20 oktabr kuni kelib, ona shu ishni qildim, deb aytdi. Otasi uxlayotgan edi. Siz bilan xayrlashgani keldim, Xudoning panohida bo‘ling, deb aytdi. Men hayron bo‘ldim. Nima uchun Xudoning panohiga deb aytayapsan, deb so‘radim. U shu ish bo‘ldi va hozir to‘g‘ri borib, o‘zimni militsiyaga topshiraman, dedi.

XS
SM
MD
LG