Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:42

Milliarder Alisher Usmonov italyyan haykaltaroshi haqidagi filmga prodyuserlik qildi


Alisher Usmonov
Alisher Usmonov

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov shu kunlarda dunyo ekranlariga chiqarilgan “Gunoh” ( (ital. Il Peccato) filmiga prodyuserlik qildi.

Filmni suratga olgan kinorejissyor Andrey Konchalovskiyni yaqindan tanigan o‘zbek kinochisi Ulug‘bek Yo‘ldoshevning aytishicha¸ bu Alisher Usmonovning ilk prodyuserlik ishi emas.​

Buyuk haykaltarosh¸ Uyg‘onish davrining daho san’atkori Mikelanjelo Buonarroti (1475-1564) iztiroblari aks etgan bu filmni 82 yashar rus-sovet kinochisi Andrey Konchalovskiy 3 yil mobaynida Italiyada suratga oldi.

Andrey Konchalovskiy
Andrey Konchalovskiy

Rossiya kinoprokatiga 14 noyabrda chiqarilgan film ilk marotaba joriy yilning 27 oktabrida Italiyadagi XIV Rim xalqaro festivalida namoyish qilingan edi.

Kartina barcha davrlarning eng buyuk haykaltaroshi Mikelanjelo chekiga tushgan sinovlar va ijod mashaqqati haqida hikoya qiladi.

Filmda haykaltaroshning asosiy sponsori bo‘lgan Della Rovere va Medichi oilasi bilan bog‘liq mojaroli tafsilotlar o‘rin olgan.

Kinoasar Mikelanjeloning Sikstin kapellasini bezashi va papa Yuliy Ikkinchi maqbarasini yaratish jarayoni tasvirini o‘z ichiga oladi.

Film qahramoni o‘z asari uchun kerakli hajm va rangdagi marmarni izlab tog‘u-toshni och-nahor kezar ekan, arosat va alahsirash ichida qoladi. Kerakli toshning qayerdaligi unga tushida ayon bo‘ladi.

Filmdan kadr
Filmdan kadr

Kinorejissyor Konchalovskiynimng matbuotga bildirishicha¸ filmni suratga olish uchun bir milliard Rossiya rublidan sal ko‘proq (15 million yevro) mablag‘ sarf bo‘lgan va bu pulni asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ajratgan.

Alisher Usmonov
Alisher Usmonov

Konchalovskiyni yaqindan tanigan o‘zbek kinochisi Ulug‘bek Yo‘ldoshevning aytishicha¸ bu Alisher Usmonovning ilk prodyuserlik ishi emas:

- Alisher Burhonovich bundan oldin o‘zbek kinochisi Elyor Eshmuhamedovning “Sevishganlar 2” filmi va yana bir asli o‘zbekistonlik kinochi Rustam Hamdamovnig “Tubsiz qop” filmini moliyalagan edi. Konchalovskiyning “Gunoh” filmi Usmonov moliyalagani haqida mening habarim bo‘lgan uchinchi filmdir. Bu uch filmni birlashtirgan narsa ularning tijorat emas, balki abadiy san’at g‘oyasiga yo‘g‘rilganidir.

Ulug‘bek Yo‘ldoshev va Andrey Konchalovskiy
Ulug‘bek Yo‘ldoshev va Andrey Konchalovskiy

Ulug‘bek Yo‘ldoshevning aytishicha¸ aynan Usmonovning moliyasi bois film ijodkorlari o‘z xayolidagi obrazlarni ekranga muxrlay olgan:

- Film boshidan oxirigacha Itliyaning Rim¸ Toskana va Mikelanjelo o‘z haykallari uchun tosh izlagan Karrara shaharlarida 3 yil mobaynida suratga olindi. Film uchun 600 ta kostyum tiktirildi. Shulardan 100 tasi mashhur chevarlar tarafidan qadimiy uslubda qo‘lda tikildi. Bularning hammasi uchun mablag‘ni yurtdoshimiz ajratdi. Shu bilan u dunyo kinosi durdonasi yaratilishiga hissa qo‘shdi.

Filьm titrlari
Filьm titrlari

Ulug‘bek Yo‘ldoshevning aytishicha, o‘zbek kinochilari bilan hamkorlik qilgan.Andrey Konchalovskiy ilk filmlaridan birini Toshkentda suratga olgan:

- Konchalovskiy Kremldan uzoqda kino olishni xush ko‘radi. Ilk kinolaridan biri Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” qissasi asosida edi. “Toshkent non shahri” filmida Shuhrat Abbosov bilan birga hammuallif edi. Keyinchalik Konchalovskiy Gollivudda kino oldi. Bir oyog‘i Toshkentda, yana bir oyog‘i Los-Anjelesda edi. Bu safar mana Italiyada suratga oldi. Bu film moliyasini o‘zbek ta’minlagani menga g‘urur bag‘ishladi¸ - dedi Yo‘ldoshev.

Киночи Улуғбек Йўлдошев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:48 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG