Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:18

Eridan kaltak yegan homilador ayol arzini mahallaqo‘m eshitmaganidan shikoyat qildi


Gulchehra Berdiyeva eridan kaltak yeganidan 5 kun keyin olingan surat.
Gulchehra Berdiyeva eridan kaltak yeganidan 5 kun keyin olingan surat.

Qarshilik 28 yashar o‘qituvchi Gulchehra Berdiyeva OzodMikrofonga murojaat qilib, eri tomonidan muntazam kaltaklab kelinganidan shikoyat qildi.

Gulchehra idaosiga ko‘ra, 22 oktabr kuni eri qaynona-qaynotasi va qayinsingillari oldida uni ayovsiz kaltaklagan.

Homilador ekanini aytgan Gulchehraga ko‘ra, erining kaltagidan so‘ng uning ahvoli og‘irlashgan, biroq besh kun davomida unga biror tibbiy yordam ko‘rsatishmagan.

Gulchehra Berdiyeva uning eri urgani haqidagi shikoyatini na uchastka noziri va na mahalla yig‘ini faollari tinglashni istamaganidan ham arz qildi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Xonobod tumanidagi Shoxbekat mahallasida yashovchi 28 yashar Gulchehra Berdiyeva ikki yildan buyon maktabda o‘qituvchilik qiladi.


Uch oy avval turmushga chiqqan yangi kelin Gulchehra eri tomonidan muntazam kaltaklab kelinganidan shikoyat qildi:

“Erim bir necha marta sababsiz kaltakladi. 22 oktabr kuni ham ayovsiz urdi. Homiladorman, shu kuni qon ham ketib qoldi. Ertasiga uchastka noziriga borib, ariza yozdim. Lekin arizamni qabul qilishmadi. Mahalla raisi Temir tog‘a bilan xotin-qizlar raisi Misqol xola kelib, “Eri bilan urishmagan kim bor” deb, meni erimnikiga olib borib qo‘yishdi. 5 kun davomida meni umuman ko‘chaga chiqarishmadi. Amerikada yashovchi tog‘am uchastkavoyga telefon qilgach, 27 oktabr kuni kelib, u qaytadan ariza yozdirdi. Shu kuni 5 kun ichida birinchi marta tibbiy yordam oldim”, dedi Gulchehra Berdiyeva.

Gulchehra Berdieva kaltakdan so‘ng homilasini yo‘qotish havfida ekani haqidagi tibbiy hujjat
Gulchehra Berdieva kaltakdan so‘ng homilasini yo‘qotish havfida ekani haqidagi tibbiy hujjat

Ozodlik muxbiri Gulchehra bilan sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari haqida suhbatlashdi. Ushbu suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Гулчеҳра бердиева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:22 0:00
Бевосита линк


Gulchehra Berdiyeva bilan suhbat O‘zbekiston hukumati zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish mexanizmiga oid hujjat hozirlagan bir paytda bo‘lib o‘tdi.

Gulchehra uch oy avval turmushga chiqqan
Gulchehra uch oy avval turmushga chiqqan


IIV tomonidan muhokamaga qo‘yilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, zo‘ravonlik yoki tazyiqqa uchragan ayolni, uning murojaati yoki mahallasidagi shaxsning og‘zaki xabari asosida, 3 soat ichida qat’iy himoyaga olish chora-tadbirlari belgilangan.

Ushbu hujjat haqida eshitganini aytgan Gulchehra Berdiyeva mahalla faollari zo‘ravonlikka uchragan ayollarni faqat yarashtirib qo‘yish bilangina shug‘ullanayotganidan ham shikoyat qildi.

- O‘zim bilan bo‘lgan holatdan kelib chiqib aytsam, ular faqat yarashtirish bilan shug‘ullanayapti. Bunday qilmaslik kerak. Ikki tomonni ham o‘rganib, vaziyatni ko‘rishi kerak. Yordamga muhtoj bo‘lsa, yordam berish kerak. Masalan, o‘zim doktorga borishim kerak edi. Bunga ruxsat berishmadi. “Yarashtir- yarashtir”, deb ketib qolishdi. Oxirini o‘ylashmayapti. Tegishli chora ko‘rishmayapti. Ular yarashtirgani uchun ball olishadi shekilli, deydi Gulchehra Berdiyeva.

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG