Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:36

Qurultoy: O‘zbekiston YOIIga kirsa dazmol arzonlaydi, ammo mustaqillik boy beriladi


O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII)ga qo‘shilishi "mavzusi ijobiy o‘zanga tushganini" Rossiya matbuotiga bildirdi.

Matvienkoga ko‘ra¸ Rossiya Bosh vazir o‘rinbosari Anton Siluanov rahbarligida O‘zbekistonning YOIIga qo‘shilishi uchun ikki tomonlama guruh ishlamoqda. 2 oktabr kuni Rossiya matbuoti Matvienkoning "Mirziyoyev qaror qabul qildi, O‘zbekiston hukumati YOII qo‘shilish masalasini ishlab chiqmoqda", degan gapini tarqatgan edi. Ayni paytda O‘zbekiston rasmiy matbuoti bu borada sukut saqlamoqda.

Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida “rasmiy Toshkent sukuti YOIIga kirish uchun rozilik alomatimi?” degan savol javobini muhokama qildik.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:18 0:00
Бевосита линк


London SOAS Universitetidan Alisher Ilhomov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish ortidan O‘zbekiston o‘z siyosiy suverenitetidan maxrum bo‘ladi degan fikrni bildirdi.

- Bu Kreml tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoevga o‘tkazilgan bosim natijasi, deb bilaman. Ayni paytda bu Mirziyoyevning zaifligiga misol bo‘ldi¸ - deydi taxlilchi.

Toshkentlik taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov esa “tashqaridan iqtisodiy ko‘rinadigan bu tuzilma aslida Kreml manfaatlari ustiga qurilgan siyosiy tashkilot” ekaniga e’tibor qaratdi.

Ayni paytda Yusupov bu tashkilotga a’zolik ortidan qo‘shni davlatlardan keladigan dazmol¸ kir yuvish kukuni kabi iste’mol mollari narxining arzonlashishini ham musbat holat sifatida sanadi.

Qurultoy eshittirishida qatnashgan muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih mustaqillikning Rossiya "tarozisiga" qo‘yilayotganidan havotir bildirdi:

- Bir o‘zbek vatandoshi o‘laroq, o‘zbek siyosatchilarini ogoxlantirmoqchiman: Agar haqiqatan ham O‘zbekiston davlati tepasidagilar kim bo‘lishidan qat’i nazar "Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi"ga kirish qaroriga kelgan bo‘lsalar va bu qarorini amalga oshirsalar, bu aksiya O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida yo‘q bo‘lishining boshlanishi bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG