Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:38

“Ersizlar ro‘yxati”dagi ayol: Vazni og‘irlarni “nostandart” deb DXXga ishga olishmadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Ayolni davlat ishiga qabul qilishda uning ersizligi va vazni asosiy kriteriylar ekanligini ko‘rib, xo‘rligim keldi.

Bu gapni “eridan ajrashgan andijonliklar ro‘yxati”ga tushib, 11 iyul kuni DXX ga ishga kirish uchun suhbatga taklif qilingan, lekin tanlov o‘tkazuvchining xotin-qizlarga munosabatidan dili og‘rigan yoshi 35 lardagi o‘qituvchi ayol aytdi.

Mehnat kodeksida fuqarolarni ishga qabul qilishda cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligi va har qanday cheklov kamsitish deb hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, ro‘yxat ayollarni huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilish uchun tuzilgan.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra esa, ro‘yxat turmushga chiqmagan va oilasidan ajrashgan qizlarga, moddiy-ijtimoiy yordam berish uchun shakllantirilgan.

Andijonda “shubhali ro‘yxat” tuzilayotgani to‘g‘risida birinchi bo‘lib yozgan jurnalist noma’lum shaxslar tahdidiga uchrayotganini xabar qildi.

Mavzu ortidan borib Ozodlik topgan andijonlik o‘qituvchi, ismi aytilishi u yoqda tursin, hatto ovozi yozilib qolishidan qo‘rqib, o‘zi qatnashgan DXX kastingi tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yozma bayon qilishga rozi bo‘ldi.

Quyida “yoshi 35 atrofidagi ajrashgan ayol” ekanligini bildirgan, so‘zlarining isboti sifatida boshlig‘idan kelgan SMSlar skrinshotlarini yuborgan o‘qituvchi ayolning bitiklarini to‘liq keltiramiz.

DXXga ishga qabul qilish uchun suhbatga taklif qilingan ayol hikoyasi

Men maktabda pedagogman. 11 iyul kuni XTB dagi o‘zimizga tegishli rahbarimiz telefon qildi, SMS yozdi. Bugun suhbat bor, qatnashishingiz shart, dedi.

Qanaqa suhbat, desam, SNB ga ishga olisharkan, o‘zini bosib olgan, gap-so‘zlari joyida, sir saqlay oladigan yaxshi kadrlar bering, deyishdi, sizni ro‘yxatga kiritdim, ob’ektivkalaringiz ketdi yuqori tashkilotga, dedi.

To‘g‘risi, qiziqdim va o‘sha kuni soat 4 ga Andijon shahar prokurori shtabi joylashgan kaysidir kollejga bordim. (viloyat kasalxonasi yonidagi kollej)

Kollej binosi tashqarisida 10 ga yaqin qiz-juvonlar to‘plangan ekanmiz, oq Kobalt mashinada bir odam keldi-da, suhbatga keldinglarmi, dedi va bizni bino foyesiga olib kirdi.

U yerda qo‘lidagi papkasini ochib, ob’ektivkalarimiz asosida yo‘qlama qildi, meni shubhalantirgan birinchi savoli bu bo‘ldi:

OILALILAR BORMI? AJRAShGAN VA TURMUShGA ChIQMAGANLAR BO‘LSA BIR TOMONGA O‘TINGLAR dedi.

Men ajrashganman, 10 ta ayoldan 8 tamiz alohida bo‘lib o‘tdik, 2 ta qizning oilasi bor ediykan.

Keyin hammamizni binoning narigi zdaniesiga olib kirdi va divan-kreslo joylashgan foyeda qisqacha suhbat o‘tkazdi.

Shu yerda haligi odam hammamizga RAZM SOLIB TEKShIRDI. Oramizda to‘ladan kelgan ikki ayol bor edi.

Haligi odam bizga shaxsiy savollar bera boshladi, opa vesiz nechchi dedi, haligi gavdali ayoldan. Shu savolni boshqasiga ham berdi. Uyam 100 kiloning tepasini aytdi. Haligi odam “Yo‘o‘o‘q, bizda ves standarti bor” dedi.

Keyin kim qaysi chet tillarini yaxshi bilishi haqida so‘radi. Kimdir rus, kimdir rus va ingliz, kimdir turk tiliniyam bilishini aytdi. Birma-bir og‘zaki javob berib chiqdik o‘tirgan joyimizda.

Keyin haligi odam “Opalar, bizda ves standarti degan narsa bor, uzr vaqtingizni oldik sizlarning”, dedi vazni balandroq ayollarga.

Keyin haligi odam “Opalar, bizda ves standarti degan narsa bor, uzr vaqtingizni oldik sizlarning”, dedi vazni balandroq ayollarga.

Shunda men mening ham vaznim balandroq, men ham sizlarga tushmasam kerak, dedimda, men ham suhbatga kirmadim.

To‘g‘risi, jahlim chiqdi, tez chiqib ketdim u yerdan.

U yerda to‘plangan ayollar orasida maktab o‘qituvchilari, Narxoz, Andijon davlat universiteti, Paxatachilik instituti kabi OTMlarda ishlaydigan juvonlar ham bor edi.

O‘qituvchi ayolning yozuvlari shu yerga kelganda Ozodlik undan so‘radi:

- Bu tanlovdan asl maqsad nima edi, deb o‘ylayapsiz? Suhbatga borganlardan biron kishi ishga qabul qilindimi?

- Asl maqsadini bilmadimu ammo ayolni davlat ishiga qabul qilishda uning ersizligi va vazni asosiy kriteriy ekanligini ko‘rib, xo‘rligim keldi. Menga keyin u yerda bo‘lgan qizlardan biri turmushga chiqmagan 2 ta pedagog suhbatdan aniq o‘tganini, ulardan biri "ZULFIYaChI" qiz ekanligini aytdi.

- Demak, hammasi bo‘lib 10 ga yaqin ayol haqida ketayaptimi gap?

- Men faqat birinchi kun bordim, boshqa kunlari ham bo‘ldi u jarayon. Tumanda yashab, ishlaydigan birga o‘qigan kursdosh dugonam ham menga o‘rtoq, haligi sen borgan suhbatga meniyam chaqiryapti, nimalarni so‘rayapti, deb telefon qildi. Men vaznga va nechta til bilishiga qarayapti, dedim. Haa. Unda bormayman, dedi.

Ikki ayol vazni “DXX standartlariga to‘g‘ri kelmagani uchun” bu idoraga ishga qabul qilinmaganidan ularni va o‘zini xo‘rlangan hisoblayotgan bu ayol bilan yozishma tugagach, DXX Andijon viloyat boshqarmasidan izoh olishga urinishlarimizdan naf chiqmadi.

Qonun DXX uchun qonun emasmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida fuqarolarni ishga qabul qilishda cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligi va har qanday cheklov kamsitish deb hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Kodeksning 6-moddasi “Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi” deb ataladi va unda bunday deyilgan:

Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.

Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

“Ersizlar ro‘yxati”ning bir-birini inkor etuvchi ikki rasmiy izohi

Joriy oy boshida ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

XQQ va XTV bayonoti

Ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan.

Bu ma’lumotlar ortidan Xotin-qizlar qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma bayonot e’lon qilib, unda “ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgani” aytilgan.

Andijon shahar hokimligi bayonoti

Biroq Andijon shahar hokimligi matbuot xizmatining “Yangilanayotgan Andijon” Telegram kanalida ro‘yxatning boshqa talqini berilgani to‘g‘risida human.uz xabar qildi. Unda Andijon shahar hokimligi matbuot xizmatining quyidagi bayonoti keltirilgan:

“Mana yana bir tuhmat! Andijon shahar hokimligi matbuot bo‘limi xodimlari shu masala bo‘yicha zudlik bilan surishtiruv ishlarini olib bordi. Oqibatda, xaqiqatan ham maqolada ko‘rsatilgan ro‘yxat mavjud ekan.

Ro‘yxat Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi xotin- qizlar qo‘mitasi xodimlari tomonidan tuzilgan bo‘lib, turmushga chiqmagan va oilasidan ajrashgan qizlarga, moddiy-ijtimoiy yordam berish uchun shakllantirilgan.

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi xotin- qizlar qo‘mitasi xodimlari tomonidan tuzilgan bo‘lib, turmushga chiqmagan va oilasidan ajrashgan qizlarga, moddiy-ijtimoiy yordam berish uchun shakllantirilgan ekan. Qolaversa , bunday ruyxat kerakli organlarga xam taqdim etilgan. Nima uchunligi biz uchun qorong‘u! Demak kerak bo‘lgan…”

"Sirli ro‘yxat" siri haqida yozgan jurnalist tahdid ostida

Ayni paytda bu “sirli ro‘yxat” haqida birinchi bo‘lib yozgan jurnalist Xurshid Daliyev o‘ziga tahdidlar qilinayotgani to‘g‘risida yozdi.

Daliyev o‘zining Feysbuk sahifasida 29 avgust kuni e’lon qilgan postida Andijon shahridagi maktablarda ishlovchi boshi ochiq ayollarning ro‘yxati haqida yozgani uchun raqami ma’lum telefondan bir shaxs qo‘ng‘iroq qilib haqorat va tahdid qilganini, jurnalistning bu tahdid munosabati bilan yozgan arizalari aylanib-aylanib Namangan shahar ichki ishlar idorasiga borib tushganini, ariza o‘rganilayotganidan darak beruvchi ishoralar mavjudligini xabar qildi.

XS
SM
MD
LG