Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:39

Yaponiyaning Hayabusa2 stansiyasi ikkinchi marta olis asteroidga qo‘ndi


Hayot hamda Quyosh tizimi kelib chiqishi haqida ko‘proq ma’lumot olish maqsadida Yerdan 300 million kilometr uzoqlikda joylashgan asteroiddan namuna olish uchun uchirilgan yapon sayyoralararo stansiyasi ikkinchi marta muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Yaponiya fazo agentligining (JAXA) ma’lum qilishicha, Hayabusa2 (“Xayabusa-2”) stansiyasi bu safar ham Ryugu asteroidiga hech bir muammosiz qo‘ngan. Qo‘nganidan so‘ng, stansiya asteroid sathi ostidan namuna olgan.

Muvaffaqiyatli o‘tgan amaliyot ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida loyiha menejeri Yuichi Tsuda:

- Quyosh tizimi tarixining bir bo‘lagini qo‘lga kiritdik. Bundan oldin biror marta ham Oydan olisda joylashgan osmon jismining sathi ostidan material olinmagan edi, - dedi.

Joriy yilning aprelida Hayabusa2 Ryugu asteroidi sathi ostidan material olish uchun unga qarab kuchli impaktor otgan edi. Natijada ming yillar davomida shamol va radiatsiyaga duchor bo‘lmagan “toza” materialdan namuna olish uchun zamin yaratildi.

Hayabusa2 stantsiyasi ilk marotaba fevral oyida Ryugu asteroidiga qisqa vaqtga qo‘ngan edi. O‘shanda stansiya asteroid sathiga o‘q uzib, ko‘tarilgan changdan namuna olgan va tezda kutib turish pozitsiyasiga qaytgan edi.

Qiymati 270 million dollarga baholangan Hayabusa2 missiyasi 2014 yilning dekabrida uchirilgan. Stansiya 2020 yilda to‘plagan namunalari bilan Yerga qaytishi kutilmoqda.

Hayabusa2 asteroid sathini kameralari va sensorlari bilan kuzatmoqda. Stansiya avvalroq Ryugu sathiga ikki MINERVA-II, bir MASCOT robotini qo‘ndirgan edi. O‘tgan yilning sentabrida asteroidga qo‘ndirilgan MINERVA-II robotlari asteroid sathida mustaqil harakatlanib, surat olishga qodir tarixdagi ilk robotlardir.

Yirik sovutgich hajmidagi Hayabusa2 quyosh panellari bilan jihozlangan bo‘lib, Hayabusa missiyasi davomidir. Hayabusa stansiyasi 2010 yilda kichikroq asteroid parchalarini olib Yerga qaytgan edi.

XS
SM
MD
LG