Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:35

Moskva dumasiga nomzodini ko‘rsatgan Navalniy yordamchisiga tazyiq o‘tkazilmoqda


Navalniy yordamchisi Lyubov Sobol tarafdorlari davrasida
Navalniy yordamchisi Lyubov Sobol tarafdorlari davrasida

31 yoshli Lyubov Sobol sentabrga belgilangan Moskva shahri dumasi saylovlarida nomzodini ko‘rsatish uchun 6 iyulgacha 4500 imzo to‘plashi kerak.

Ammo Sobol oddiy nomzod emas – u muxolifatchi Aleksey Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi jamg‘armada surishtirishlar o‘tkazish bilan shug‘ullanib keladi.

Xususan, Sobol Moskva meri Sergey Sobyanin va uning sheriklari shaharga tegishli uylarni noqonuniy tarzda xususiylashtirib olayotganini o‘rganib keladi.

Shuningdek, Sobol prezident Vladimir Putinning yaqin do‘sti, oligarx Yevgeniy Prigojin boshqaruvidagi shirkat Moskva maktablariga noqonuniy shartnoma asosida past sifatli yegulik tarqatayotganini haqidagi iddaolarni o‘rganib keladi.

Shu sabab rasmiylar uning Moskva dumasiga nomzodini ko‘rsatishiga qarshi turli yo‘llar bilan kurashmoqda.

Ozodlik bilan suhbatda Sobol shunday edi:

- Moskva meriyasi bu ishni qilayotganiga shubham yo‘q. Ulardan boshqa hech kimga kerak emas bu, chunki meriya qo‘llayotgan nomzodlardan boshqa nomzodlar orasida mening saylov qog‘oziga kiritilishimga qarshilar yo‘q. Bu prezident ma’muriyati yoki Moskva meriyasi ishi deb ishonaman. Aslida, ularning ikkisi til biriktirib olgan, deb o‘ylayman, deydi Sobol.

U vaqtini imzo to‘plash punktlarida politsiya solayotgan tahdidni bartaraf qilish bilan o‘tkazayotganini aytdi.

Sobolning so‘zlariga ko‘ra, politsiya imzo to‘plovchilarni qo‘rqitayotgan bo‘lsa-da, o‘zi shahar dumasiga nomzod bo‘lgani uchun unga zo‘ravonlik qilishga qurbi yetmaydi.

Bundan tashqari, Sobol “bahaybat shaxslar” uni qo‘llovchilarga tazyiq o‘tkazayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bezorilar imzo to‘playotganlarni haqoratlab, zo‘ravonliklarini telefonga yozib olmoqchi bo‘lganlarning telefonlarini tortib olmoqda.

22 iyun kuni uch imzo to‘plash nuqtasiga hujum qilindi.

Vandallar ikki punktda ishlayotgan ko‘ngillilar ustiga bir paqir axlat ag‘dardi.

Qolaversa, Sobolga ko‘maklashayotgan koordinatorning shaxsiy telefon raqami gey seks saytida ulashildi.

Bu orada Kremlni qo‘llovchi bir necha shaxsni Sobol nomzod bo‘lishni istayotgan tuman nomidan nomzod etib ko‘rsatildi.

Boshida nodavlat tashkilot yetakchisi Anna Federmesser o‘z nomzodini ko‘rsatdi.

Ammo Federmesser 7 may kuni Navalniy tarafdorlari unga qarshi onlayn kampaniya boshlaganini aytib, nomzodlikdan voz kechdi.

Uning ortidan aktyor Andrey Sokolov hamda futbolchi Dmitriy Bulikin 43-tuman o‘rni uchun mustaqil nomzod bo‘lish istagini izhor qilishdi.

Soboldan boshqa nomzodlar ham bu kabi tazyiqlarga duchor bo‘lmoqda.

Ilya Yashin, Dmitriy Gudkov, Kirill Goncharov va boshqa nomzodlar ham ular uchun imzo to‘playotgan shaxslarga hujum qilishganini ma’lum qilishdi.

26 iyun kuni Navalniyning Sankt-Peterburgdagi koordinatori Aleksandr Shurshevga noma’lum shaxslar hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.

- Ular 1990 yillardagi uslublardan foydalanib, bizga qarshi kurashmoqda, - deya xulosa qildi Sobol.

Sobol, shuningdek, turmush o‘rtog‘i va uni noma’lum shaxslar kuzatib yurganini aytdi.

Uning fikricha, bu holat uning Prigojin shirkatlari bo‘yicha o‘tkazgan taftishlari bilan aloqador.

Moskvadagi restoran biznesidagi roli uchun “Putinning oshpazi” nomini olgan Prigojin xususiy jangarilar xizmatlarini ko‘rsatuvchi shirkatga egaligi aytiladi.

Bundan tashqari, AQSh razvedka qo‘mitasi qarorgohi Sankt-Peterburgda bo‘lgan “Rossiya troll fabrikasi” deb nomlanuvchi “Internet tadqiqot agentligi” ham Prigojinga tegishli ekanini bildirgan.

Bu agentlik AQShda 2016 yilda o‘tgan prezidentlik saylovi paytida Trampni olqishlab, Klintonni yomonotliq qilish uchun kurashganiga oid hisobot AQSh razvedkasi tomonidan e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG