Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:44

Sport sudi O‘zbekiston iftixori Ruslan Nuriddinov doping iste’mol qilganini tasdiqladi


Ruslan Nuriddinov musobaqa paytida.
Ruslan Nuriddinov musobaqa paytida.

Sport arbitraj sudining Antidoping bo‘limi o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovni 2012 yilda o‘tgan London olimpiadasi paytida doping tartibini buzganlikda aybdor deb topdi.

Спорт суди Ўзбекистон ифтихори Руслан Нуриддинов допинг истеъмол қилганини тасдиқлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:19 0:00

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempioni, “O‘zbekiston iftixori” Ruslan Nuriddinov Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan doping iste’mol qilganlikda ayblanib, 2018 yil dekabrida vaqtincha sportdan chetlatilgan edi.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ruslan Nuriddinovning 2012 yilgi London olimpiadasidagi doping namunasi qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, ijobiy natija berganini, uning doping namunasidan degidroxlorometiltestosteron (anabolik androgen streoid) topilganini bildirgan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi joriy yilning aprelida Nuriddinov ishini ko‘rib chiqish uchun Sport arbitraj sudiga taqdim qilgan edi. Sudning qarori bilan Ruslan Nuriddinov London olimpiadasida ko‘rsatgan natijalar bekor qilindi.

Ruslan Nuriddinov London olimpiadasida 105 kilogacha vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. U Rio-de-Janeyro olimpiadasi chempioni, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibi.

2013 yil oktyabrida Polshada o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston tarixida birinchi marta og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng sportchiga “O‘zbekiston iftixori” unvoni berilgan

2019 yilning 11 aprelida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi o‘zbekistonlik yana bir og‘ir atletikachi, Jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboevni antidoping tartibini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatgan edi.

Undan avvalroq esa 2017 yilning 31 martida 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi doping namunalarini qayta tekshiruvdan o‘tkazgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Artur Taymazovni Beyjinda erkin kurashdan qo‘lga kiritgan oltin medaldan mahrum qilgan.

2016 yilning oktabrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Jahon antidoping agentligi o‘tkizgan qayta tekshiruv paytida erkin kurashchi Soslan Tigievning probasidan doping topilganini bildirgan.

Buning ortidan qo‘mita qarori bilan Soslan Tigiev 2008 yildagi Olimpiadada qo‘lga kiritgan kumush medaldan mahrum etilgan edi.

XS
SM
MD
LG