Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:29

Prezidentning to‘ng‘ich qizi davlat tashkilotlarining matbuot xizmatlarini tanqid qildi


Prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi, Prezident ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva.
Prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi, Prezident ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva.

Prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi, Prezident ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva davlat tashkilotlari matbuot xizmatlarini hamda ularning xodimlarini tanqid qildi.

Saida Mirziyoeva Facebook sahifasida matbuot xizmatlari faoliyatiga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Prezidentning qizi, jumladan, “matbuot xizmatlarining faoliyati, afsuski, sust darajada qolayotganini qayd etishga majbur” bo‘layotganini e’tirof etgan.

“Matbuot xizmatlarining ishi sustligi va ko‘pgina davlat organlari rahbarlari OAV bilan muloqot qilish zaruriyatini anglab yetmagani oqibatida mamlakatimiz aholisining islohotlar borishi to‘g‘risida xabardorligi past, ularni yetarli darajada idrok etmayapti hamda Prezident va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mohiyati va tafsilotlarini to‘laligicha anglamayapti. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosli ishlar mamlakat ichida ham, xorijda ham yetarli darajada yoritilmay, sezilmay qolmoqda”, deb yozdi Mirziyoeva.

Unga ko‘ra, matbuot xizmatlarining yetarli darajada ishlamayotgani tekshirilmagan axborot, asossiz mish-mish va uydirmalarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Saida Mirziyoeva “matbuot xizmatlari kadrlar salohiyati cheklangani, ularning moddiy-texnik jihozlanishi va xodimlari malakasi darajasi pastligi” vaziyatni “yanada keskinlashtirayotgani”ni urg‘uladi.

Shundan kelib chiqqan holda Mirziyoeva “qo‘shimcha ravishda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va qabul qilishni” taklif etmoqda.

“Xususan, matbuot xizmatlarining davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik sifatida samarali faoliyatini ta’minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, muntazam ravishda malaka oshirish kurslarini tashkil etish lozim va hokazo”, deb yozdi Mirziyoeva.

Uning bildirishicha, bu boradagi ishlar boshlangan. Jumladan, tegishli takliflar ishlab chiqish va normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan.

“Bunday chora-tadbirlarning qabul qilinishi mamlakatimiz axborot sohasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga, shuningdek, eng muhimi, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqot asoslarini salmoqli darajada mustahkamlashga xizmat qiladi”, deyiladi Mirziyoevaning Facebook sahifasida.

Prezident Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 2019 yilning 12 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktoriga o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG