Ukraina prezidenti saylovining 21 aprel kuni o‘tkazilgan ikkinchi bosqichi davomida ovoz berish uchastkalari eshigi oldida o‘tkazilgan so‘rov (Exit poll) natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 73 foizi ovozini taniqli qiziqchi va shoumen Vladimir Zelenskiy oldi.
Ukrainalik hamkasbining muvaffaqiyatiga munosabat bildirishini so‘rab, taniqli o‘zbek qiziqchisi Ortiq Sultonovga murojaat qildik. Qiziqchini Surxondaryoning Jarqo‘rg‘onidan topdik.