Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:31

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradagi qishloqdan ayollar va bolalarni evakuatsiya qildi. Muzokaralar davom etmoqda


Chegara hududi har ikki tomondan kuchaytirilgan tarzda nazorat qilinmoqda.
Chegara hududi har ikki tomondan kuchaytirilgan tarzda nazorat qilinmoqda.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun amalga oshiriladigan eng birinchi tadbir-xalqni tinchlantirishdir. Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzaqov 15 mart kungi muzokaralarning birinchi bosqichida tomonlar mana shunday qarorga kelganlarini aytdi.

Қирғизистон Тожикистон билан чегарадаги қишлоқдан аёллар ва болаларни эвакуация қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

Qirg‘iziston rasmiysi Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim bilan Botken viloyati Aksay qishloq hukumatiga qarashli Ko‘ktosh ovulining Golovnoy deb ataladigan mavzesida muzokaralar o‘tkazmoqda. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi ham 15 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tomonlar muzokaraning birinchi bosqichida chegaradagi xalqni tinchlantirganidan so‘nggina, to‘sib qo‘yilgan yo‘llarni ochish va chegaraga oid masalalarni muhokama qilishga kelishib oldilar.

Xabarda aytilishicha, 14 mart kuni Aksay va Ko‘ktosh qishloqlaridan aholi, asosan ayollar va bolalar avtobuslarga solinib, Botken shahriga olib chiqib ketilgan. Qishloq ahli viloyat markazidagi 57-kasb-hunar litseyiga joylashtirilgan.

13-14 mart kunlari qirg‘iz-tojik chegarasida chiqqan nizo paytida otilgan o‘qlardan Tojikistonning ikki fuqarosi - Rafouddin Teshaev va Husayn Hakimov halok bo‘ldi.

Qirg‘iziston tomondan esa uch kishi, jumladan, bir nafar militsiya xodimi o‘qdan yaralanib, kasalxonaga yotqizilgani bildirildi.

O‘qotar qurollardan kim o‘q otgani hozircha noma’lum.

15 mart kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlaridan iborat guruh ham voqea joyiga jo‘nab ketdi.

14 mart kuni kechga yaqin esa Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali suhbatlashgani ma’lum qilindi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov va Imomali Rahmon chegaradagi hodisani xolisona tekshirish uchun qo‘shma komissiya tashkil qilish va kelajakda bu kabi voqealarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi, shuningdek, davlat chegarasi delimitatsiyasi jarayonini yakunlash bo‘yicha muzokaralarni faollashtirish lozimligini qayd etganlar.

Ikki davlat rahbari asrlardan beri yaxshi qo‘shnichilik aloqalariga ega bo‘lgan xalqlar o‘zaro tinchlik va do‘stlik muhitida yashashlari kerakligi yuzasidan yakdil ekanlarini bildirganlar.

13 mart kuni soat 15:30 Tojikistonning Mehnatobod qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Aksay qishlog‘i aholisi yo‘l qurilishi masalasida kelisha olmay, nizolashib ketgan edi.

Vaziyat soat 18:30larda keskinlashib, Tojikiston tomonda 50 odam, Qirg‘iziston tomonda 70 odam to‘planib qolgan. Chegaraning ikki tomonida turgan odamlar bir-birlarini toshbo‘ron qila boshlaganlar.

Kechki soat sakkiz yarimlarga borib esa tojikistonliklar Qirg‘izistonning O‘rtabo‘z qishlog‘idagi bir uyga o‘t qo‘ygan. Tojikiston tomonidagi uylardan biriga ham qirg‘izistonliklar tomonidan o‘t qo‘yilgan.

Tojikistonning Voruh eksklavidagi Tojikon qishlog‘i raisi G‘ofurjon Jo‘raevning aytishicha, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari voqea joyiga uch soatdan so‘ng yetib borgan. Uch soat davomida esa odamlar bir-birlari bilan nizolashib turgan.

XS
SM
MD
LG