Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:40

Sirdaryolik fermer: Hokim yerimizni o‘zining qarindoshiga olib berdi (VIDEO)


Sirdaryo viloyat, Oq oltin tuman, Bo‘ston qishlog‘idagi “Usmon Nosir” fermer xo‘jaligi raisi Farhod Ummatovning OzodMikrofonga murojaat qilib, aytishicha, u hukumatning bu yilgi maqbullashtirish siyosatidan aziyat chekkanlardan biridir. Fermer iddaosiga ko‘ra, uning yerini tuman hokimi o‘zining qarindoshiga olib bergan.

28 yildan buyon fermerlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 54 yashar Farhod Ummatovga ko‘ra, Oq oltin tumanida maqbullashtirish jarayonida bir qator ko‘zbo‘yamachiliklar sodir bo‘lgan:

- Tuman hokimligi "tender asosida yerlarni yangidan bo‘lib berdik" deb rasmiylashtirgan. Lekin hech qanday tender bo‘lmadi. Menga “Siz tender bo‘ldi, deb qo‘l qo‘yib bering” deyishdi. Hamma joyga shikoyat qildim. Hech qanday natija yo‘q. Mening 44 gektar yerimni olib, tuman hokimi jiyanining xotiniga berdi. Bizda maqbullashtirish jarayonida nohaqlik bo‘ldi, deydi Farhod Ummatov.

Fermer bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglaysiz:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:57 0:00
Бевосита линк

Fermer Ummatov prezidet Shavkat Mirziyoevga qilgan video murojaatini Ozodlikka yo‘lladi:

Сирдарёлик фермер: Ҳоким еримизни ўзининг қариндошига олиб берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:22 0:00

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG