Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:29

Mirziyoevga Nobel berishni taklif qilgan To‘xtanazarovdan deputatlik vakolati olindi  


 Namanganlik sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov
Namanganlik sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov

Yaqinda sud zalidan ozod qilingan Olimjon To‘xtanazarovning deputatlik vakolati muddatdan avval to‘xtatildi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq deputat pora olganlik aybi bilan 2 yilu 8 oyga ozodlikdan cheklash jazosi olgan.

«Namanganskaya pravda» nashriga ko‘ra, Olimjon To‘xtanazarovning deputatlik vakolatlar muddatidan avval to‘xtatilgani haqida Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qilingan.

Olimjon To‘xtanazarov xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati bo‘lib turgan paytda - 2018 yilning 22 sentabrida Chust tumanida arizachi ayoldan 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olingani aytilgan edi.

4-Umrzoqov saylov okrugidan deputatlikka saylangan To‘xtanazarovni hibsga olish payti xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi roziligi olingandi.

O‘zA agentligining Bosh prokuraturaga tayanib yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining 2019 yil 5 fevraldagi hukmi bilan To‘xtanazarovning harakati Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi "v" bandidan 168-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.

Natijada, u 168-moddasi 1-qismi, 211-moddaning 1-qismi bilan aybdor, deb topilgan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, sud jarayonida 45, 57-moddalar qo‘llanib, 3 yilga muayyan huquqdan mahrum qilish, 2 yilu 8 oyga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Bunda uning oilaviy sharoiti va yagona boquvchiligi inobatga olingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan, O‘zMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bo‘lib ishlagan 50 yashar To‘xtanazarov o‘tgan yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoevga birvarakayiga O‘zbekiston qahramoni, Nobel va hatto, Oskar mukofotlarini berish tashabbusi bilan o‘rtaga chiqqan edi.

XS
SM
MD
LG