Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:33

O‘zbekistonlik besh ayol tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanib Qirg‘izistonda hibs qilindi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Qirg‘izistonning Jalolobod shahar sudi o‘g‘rilikda gumonlanib qo‘lga olingan o‘zbekistonlik besh nafar ayolni tergov yakunlanguniga qadar ehtiyot chorasi sifatida ikki oy hibsda saqlash to‘g‘risida hukm chiqardi.

Ўзбекистонлик беш аёл тилла тақинчоқларни ўғирлаганликда гумонланиб Қирғизистонда ҳибс қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

Jalolobod shahar kriminal militsiyasi boshlig‘i Ulan O‘murzaqov ayollar 16 fevral kuni qo‘lga olinganini bildirdi.

-Shahar ichki ishlar bo‘limiga jalolobodlik Sherzod Qambarov murojaat qilib, soat 12lar chamasi uning tilla taqinchoqlar do‘koniga o‘zbek millatiga mansub ayollar kelishib, unga sezdirmay 350 ming somlik (taqriban 5000 dollar) tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketishgani to‘g‘risida ariza yozdi. Tezkor harakatlar natijasida ayollar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Madaniyat” chegara nazorat -o‘tkazish punktida chegarachilar va militsiya tomonidan qo‘lga olindi,- dedi Ulan O‘murzaqov.

Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Gulmira Bo‘rubaeva qo‘lga olingan ayollarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekanini tasdiqladi.

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining Jaloloboddagi muxbiri o‘g‘rilikda gumonlanayotgan ikki ayolning tergov paytidagi gaplarini yozib olgan. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi ayol o‘g‘rilik qilganini tan olgan va u bilan birga qo‘lga olingan ayollarning o‘g‘rilikka aloqasi yo‘qligini bildirgan.

-Bu yerga tovar olgani va yuk o‘tkazgani kelgan edik. Magazinga kirdik.Ularning hech narsadan xabari yo‘q edi. O‘g‘rilikni men qildim, lekin ularning aybi yo‘q, ular bilmasdi, lekin,-dedi bu ayol.

Uning aytishicha, chegaradan o‘tayotganida yonidagi ikki ayoldan o‘g‘irlangan tilla taqinchoqlarni chegaradan olib o‘tishda yordam berishlarini so‘ragan. Lekin sherik bo‘lgan ayollar bu taqinchoqlar o‘g‘irlanganini bilishmagan.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidan bo‘lgan 57 yoshli ayol o‘zining sobiq o‘qituvchi ekanini va o‘g‘rilik qilmaganini, o‘g‘rilikdan xabari ham bo‘lmaganini aytdi:

-Men bu maqsadda bu yerga kelmaganman. Mening hamma narsam yetarli. Mana, pulim bor, o‘zimning tilla taqinchoqlarim bor. Pulimni ham, taqinchoqlarimni ham istasangiz olib qoling, meni uyimga qo‘yib yuborishsa bo‘ldi,-dedi yakkabog‘liq ayol.

Biroq kriminal militsiyasi boshlig‘i Ulan O‘murzaqov esa:

-Bizda operativ videotasvirlar bor. Tilla taqinchoqlar o‘g‘irlangan do‘konda qo‘lga olingan besh ayol bo‘lgani mana shu videotasvirlarda aks etgan,-deb aytdi.

Ozodlik radiosi O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi bilan bog‘lanib, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik ayollarga qanday yordam ko‘rsatilayotgani bilan qiziqdi.

O‘zini O‘zbekiston konsulining yordamchisi Sveta Dubinina deb tanishtirgan xodima:

-Bizga bu masalada rasmiy bildiruv berilgan. Hozir bu masala o‘rganilayapti. Aynan qanday yordam ko‘rsatilishi oshqor etilmaydigan ma’lumot. Hozir muayyan ishlar qilanyapti. Bu ishni olib borayotgan tergovchi bilan bevosita ishlayapmiz,-deb bildirdi.

XS
SM
MD
LG