Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:37

Tramp Afg‘oniston va Suriyadagi urushni to‘xtatishga va’da berdi (VIDEO)


Tramp prezident sifatida ikkinchi marta Kongressga murojaat qildi.
Tramp prezident sifatida ikkinchi marta Kongressga murojaat qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 6 fevral kuni Kongressga murojaat qildi. Bu Trampning prezident sifatida Kongressga qilgan ikkinchi murojaati bo‘ldi.

Трамп Афғонистон ва Суриядаги урушни тўхтатишга ваъда берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:21 0:00

Toshkent vaqti bilan soat 7da boshlangan va qariyb bir yarim soat davom etgan murojaatda immigratsiya, Yaqin Sharqdagi mojarolar, AQShning kuchli iqtisodiyoti masalalariga e’tibor qaratildi.

Uning ma’ruzasi Kongressdagi demokratlar bilan munozaralari chuqurlashib borayotgan pallaga to‘g‘ri keldi. Tramp ma’ruzasidan bir necha kun oldin hukumatning AQSh tarixidagi eng uzoq – 35 kunlik shatdauni tugagan edi.

Shundan kelib chiqqan holda, Tramp o‘z nutqini Kongressdagi ikki partiyani o‘zaro hamkorlikka va birlikka chaqirishdan boshladi.

“Amerika dunyodagi eng kuchli davlat! Bizning qudratimizga teng keladigan qudrat yo‘q”. “Amerika har kuni g‘alaba qilishda davom etmoqda”,- dedi Tramp.

Tashqi siyosat masalalariga to‘xtalar ekan, Donald Tramp AQSh harbiylari Yaqin Sharqda uzoq vaqtdan beri jangovar harakatlarni olib borayotganidan afsus bildirdi hamda Afg‘onistondagi tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni tezlatishga va’da berdi.

Trampga ko‘ra, so‘nggi 19 yilda Afg‘oniston va Iroqda 7 ming AQSh harbiysi halok bo‘lgan va 52 ming askar yaralangan. AQSh Yaqin Sharqda 7 trillion dollar mablag‘ sarflagan.

“Prezidentlikka nomzod sifatida men yangicha yondashuvni va’da qilgan edim. Buyuk xalqlar muntazam ravishda oxiri yo‘q urushlarni olib bormaydilar”,- dedi Tramp.

AQSh prezidentiga ko‘ra, Vashington rasmiylari Afg‘onistonda qator guruhlar, jumladan, Tolibon bilan tinchlik o‘rnatish yuzasidan konstruktiv muzokaralar olib bormoqda.

“Biz kelishuvga erishamizmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Lekin har holda yigirma yil davom etgan urushdan so‘ng hech bo‘lmaganda tinchlik o‘rnatishga urinib ko‘rish vaqti yetib keldi”, - dedi Tramp.

AQSh tarixida eng uzoq davom etgan shatdaunga Trampning AQSh bilan Meksika o‘rtasidagi chegaraga devor tiklashga 5 milliard 700 million dollar mablag‘ ajratish talabini Kongress rad etgani sabab bo‘lgan edi.

Tramp o‘z murojaatida “Men bu devorni har qanday holatda ham qurib bitiraman”, deb qat’iy aytdi. U Meksika bilan chegaraga devor qurish uning ma’muriyati uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi. Trampga ko‘ra, bu devor AQShga noqonuniy migrantlar va jinoyatchilarning kirib kelishini keskin ozaytiradi.

AQSh prezidenti o‘z nutqida Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy. NATO bilan munosabatlar masalasiga ham to‘xtaldi. Tramp: “Tashqi siyosatda Amerika birinchi navbatda o‘z manfaatlarini himoya qiladi”, - deb aytdi.

Trampning aytishicha, AQShning Rossiya bilan yadroviy raketalarni qisqartirish shartnomasidan chiqishi, Xitoy bilan savdo-sotiqda boj va soliq to‘lovlarining oshirilishi, NATOga a’zo davlatlarning tashkilotdagi moliyaviy ulushlarini 100 milliard dollarga oshirishga erishilishi AQSh manfaatlarining g‘alabasi bo‘ldi.

"Prezident ma’muriyati AQSh manfaati yo‘lida qilgan harakatlari uchun hech kimdan uzr so‘rash niyatida emas", - dedi Tramp.

XS
SM
MD
LG