Dushanba kuni ertalab G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Afrika hamda Shimoliy Afrikada “qonli super Oy” tutilishi kuzatildi. Oy to‘liq tutilganda Yerdagi kuzatuvchilarga qonli qizil rangda ko‘rinadi.
Mazkur hodisa shu bilan 2021 yilda takrorlanadi.
Oy tutilishi Yer, Oy va Quyosh bir qatorga tizilganda kuzatiladi. Oy tutilishida Yer quyosh nurlarini to‘sgani uchun Oy sathiga Yer soyasi tushadi.
Oyning qizil rangda ko‘rinishi esa Yer Quyosh nurlari Oyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishiga xalaqit bergani va natijada Oy yuzasiga yorug‘likning faqat bir qismi tushishish bilan bog‘liqdir. Bu holatni kunbotarda ufq qizarishiga qiyoslash mumkin.
O‘tmishda “qonli Oy” dahshatli hodisalarning nishonasi ekanligiga ishonilgan. Aslida esa bu oddiy astronomik hodisa, xolos.
Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashib, to‘la ko‘ringanda “super Oy” deb nomlanadi. Bunday holatlarda oy odatdagidan kattaroq va yorqinroq ko‘rinadi.
Yanvar oyida kuzatilgan to‘linoylar “bo‘ri oyi” ham deb nomlanadi. Ayrim Shimoliy Amerika qabilalari yil boshida itlar to‘linoyga qarab uvillagani uchun yanvar to‘linoyiga shunday nom berishgan.
Quyosh tutilishidan farqli o‘laroq, Oy tutilishini himoyalovchi ko‘zoynaksiz tomosha qilish mumkin. Qolaversa, bu hodisani durbin yoki teleskopsiz ko‘rish mumkin.
Bu galgi Oy tutilishi uch soatcha davom etdi. To‘liq tutilishni esa muayyan hududdagi kuzatuvchilar bir soatcha kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar.