Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:54

O‘zbekiston diplomatlari Xitoydagi "siyosiy lagerlar"ni borib ko‘rgani xabar qilindi


O‘zbekiston diplomatlari Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatiga borgani va u yerdagi qayta tarbiyalash lagerlarini ko‘rgani haqida 8 yanvar kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ўзбекистон дипломатлари Хитойдаги "сиёсий лагерлар"ни бориб кўргани хабар қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, 2018 yilning 28 dekabridan 30 dekabrigacha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston, Hindiston va yana 6 davlatning Xitoydagi diplomatik missiyalari vakilari Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatiga tashrif qilib, bu yerdagi vaziyat bilan tanishgan.

Diplomatlar xalqaro hamjamiyatning, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi faollarning qattiq tashvishlariga sabab bo‘layotgan qayta tarbiyalash lagerlarni ham borib ko‘rganlar.

Biroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada shu kungacha rasmiy ma’lumot bermadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Xitoyga oid so‘nggi ma’lumoti 2019 yilning 8 yanvariga oid bo‘lib, unda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Toshkentda Xitoy elchisi bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jabhalarini muhokama qilgani qayd etiladi.

BMTning 2018 yil avgust oyida o‘tkazgan tekshiruvi natijasida Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida 1 millionga yaqin musulmon «ekstremizmga qarshi kurash» bahonasida «qayta tarbiyalash lagerlari»da saqlanayotgani aniqlangan. Xitoy bu ma’lumotlarni inkor qilib kelayotgan edi.

Xitoyga qo‘shni bo‘lgan Qirg‘iziston va Qozog‘istonda bunga qarshi qator namoyishlar o‘tkazilgani, AQSh va Yevropa Ittifoqi bildirgan tashvishlar ortidan Xitoy “qayta tarbiyalash lagerlari” mavjudligini tan oldi va bu lagerlarga diplomatlar bilan bir qatorda xorij davlatlari jurnalistlarini ham kiritdi.

Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida 10 milliondan ortiqroq uyg‘ur millatiga mansub fuqarolar bilan bir qatorda rasman 1 milliondan ko‘proq qozoq, 250 mingga yaqin qirg‘iz va 15 mingga yaqin o‘zbek yashashi aytiladi. Biroq shu kungacha xitoylik etnik o‘zbeklar “qayta tarbiyalash lagerlari”ga qamalgani yuzasidan ma’lumotlar mavjud emas.

Ayni paytda Xitoydagi “qayta tarbiyalash lagerlarida” hukumat mulozimlari va maxsus xizmatlar kuzatuvida jurnalistlarga intervyu bergan musulmonlar bu lagerlarga “ekstremistik fikr yurita boshlaganini his qilganlaridan so‘ng qayta tarbiyalanish uchun o‘z ixtiyorlari bilan hukumatga murojaat qilganlari”ni aytganlar:

- Men bir noqonuniy mullaning masalalarini ko‘p eshitib, ekstremistik fikrlay boshladim. Shunda Xitoy politsiyasi menga qonunni buzding deb aytdi. “Meni qayta tarbiyalanglar”, deb o‘z ixtiyorim bilan bu yerga kelish uchun ariza yozdim, -dedi lagerda saqlanayotganlardan biri.

Xitoy hukumati xalqaro hamjamiyat “ eng daxshatli qamoqxona”, deya tariflanayotgan “qayta tarbiyalash lagerlari”da hayot quvnoq ekanini isbotlashga harakat qilgan holda, faollar aytayotganiday musulmonlar halol bo‘lmagan taomlarni iste’mol qilishga majburlanayotganini ham rad etishga urindilar.

Biroq xitoylik huquq faoli Vuyer Kasi hukumatning bu harakatlarini xalqaro hamjamiyatni aldash deb baholaydi:

-Keling, asosiy urg‘uni esdan chiqarmaylik. Xitoy hukumati har qancha urinmasin, lagerlardagi odamlar o‘z ixtiyorlariga qarshi hibs etilganlari isbotlangan haqiqat, -deydi faol.

XS
SM
MD
LG