Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:39

Afg‘onistonlik “jajji Messi” oilasi qo‘rquvda yashamoqda (VIDEO)


Polietilen paketga “Messi” deb yozib olib suratga tushgani uchun mashhur bo‘lib ketgan va keyinchalik argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan uchrashgan afg‘onistonlik Murtazo Ahmadiyning oilasi yana o‘z uyini tashlab qochishga majbur bo‘lganini aytmoqda.

Yetti yoshga to‘lgan Ahmadiy ikki yil oldin akasi bilan Argentina terma jamoasi o‘yinchisi Messi futbol libosini sellofan paketdan yasab, internet olamida mashhur bo‘lib ketgan edi.

Buning ortidan jajji futbolchi 2017 yilda Messi bilan uchrashdi.

Ammo, 8 dekabr kuni Ahmadiyning onasi Shafiqa Ahmadiy o‘z o‘g‘li Internet olamida qozongan shuhrat uning oilasi va o‘g‘li uchun katta muammo keltirib chiqarganini aytdi.

- Keyingi ikki yil davomida uni maktabga yubora olmadim. Bu voqea umuman sodir bo‘lmaganida yaxshi bo‘lardi aslida, - deydi "kichik Messi"ning onasi.

Murtazoning onasi so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar o‘g‘li qisqa muddatda qozongan shuhrat ortidan boy bo‘lib ketgan, deb o‘ylab, ulardan pul undirishga muttasil harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Toliblar ham ularga tahdid qilib turibdi.

Joriy yilda Ahmadiyning oilasi bir necha marta ko‘chishga majbur bo‘lgan.

Ammo, bu kabi qiyinchiliklarga qaramasdan, Murtazo maktabga borish hamda Messi kabi mahoratli futbolchi bo‘lishni orzu qilishdan to‘xtamasligini aytadi.

XS
SM
MD
LG