Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:47

Prezident tovuqdan tashqari bedana, g‘oz va o‘rdak yetishtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi


Karikatura. O‘qituvchilarga maosh o‘rniga jo‘ja berilyapti.
Karikatura. O‘qituvchilarga maosh o‘rniga jo‘ja berilyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi pastligini va parrandachilik sohasida asosan tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinayotganini ta’kidlagan holda, O‘zbekistonda kurka, bedana, g‘oz, o‘rdak, tuyaqush, kaklik yetishtirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

Farmonda aytilishicha: “…parrandachilik sohasida asosan tovuq etishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, g‘oz, o‘rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni ommalashtirish choralari ko‘rilmayapti”.

Prezident shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ustav kapitalidagi davlat ulushini 50 million dollar miqdorida oshirish to‘g‘risida buyruq bergan.

Farmonga asosan, “O‘zsanoatqurilishbank” ustav kapitaliga kiritilayotgan 50 million AQSh dollari ekvivalentidagi maqsadli mablag‘lar parrandachilikni rivojlantirishga kreditlar ajratish uchun yo‘naltiriladi.

Mazkur kredit hisobidan parrandachilikni rivojlantirish uchun fermerlarga kredit stavkasining 5 foizdan 10 foizigacha miqdorda kompensatsiya berish ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari tegishli tashkilotlarga parrandalarni oziqlantirish uchun ilmiy asoslangan me’yorlarni, barcha turdagi parranda go‘shti va tuxum mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash, parrandalarni boqish va ularga berilayotgan ozuqa bazasining tarkibi va sifatini monitoring qilish, parrandachilik xo‘jaliklari texnologik loyihalari me’yorlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash kabi vazifalar ham yuklangan.

“Toshkent viloyati hokimligi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini joylashtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Tinchlik massividan umumiy maydoni 1 gektar bo‘lgan yer uchastkasini ajratsin”, deyiladi farmonda.

2021 yil 1 noyabrga qadar muddatda parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan vositalar chet eldan olib kirilganida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

O‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish prezident Mirziyoevning 2017 yili Qoraqalpog‘istonda o‘tkazgan selektor yig‘ilishida aytgan gaplaridan so‘ng avjiga chiqqani aytiladi.

O‘zbekiston viloyatlaridagi har bir xonadon 100 tadan tovuq boqishi shart ekani haqida gapirgan Shavkat Mirziyoev bu vazifani bajarish haqida o‘ylashni hokimlarga, aholini kreditlar bilan ta’minlashni esa¸ banklarga topshirgan edi.

O‘sha majlisda tovuqchilikni rivojlantirish prezident tomonidan O‘zbekiston bosh vaziri muovini Rustam Azimov zimmasiga yuklatilgan edi. Bu vazifa yuklatilganidan olti oy o‘tib Rustam Azimov lavozimidan ozod etildi.

Ozodlik radiosi 2018 yilning 8 noyabr kuni “Mirziyoevning har bir oilani tovuqboqar qilish rejasi Qashqadarëda mag‘lub bo‘ldi” sarlavhali maqolani e’lon qilgan edi.

“Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiysining Ozodlikka aytishicha¸ oilaviy parrandachilik davlat loyihasiga 2017 yilda 3130 oila qo‘shilgan bo‘lsa¸ bu raqam joriy yil noyabrida 592 ni tashkil qilgan. Tovuqchilikdagi bu qariyb olti martalik kamayishni izohlagan viloyat agrosanoat majmuasi xodimi tovuqlar kasalga chalinib yoppasiga o‘la boshlagani uchun aholi orasida parrandachilikka qiziqish kamayganini bildirdi”, deyildadi maqolada.

XS
SM
MD
LG