Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:32

Atom elektr stansiyasi O‘zbekiston zulmatiini yorita oladimi?


Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishi uchun 19 oktabr kuni ramziy tugmani bosishdi.

Rasmiy Toshkent baënotiga ko‘ra¸ AESning birinchi energobloki 2028 yil oxirida ishga tushadi.

Ayni paytda bu qurilishdan tashvishga tushganlar ham yo‘q emas.

Ba’zilarning xavotir asosida AES qurilish mo‘ljallangan Jizzaxdagi Aydarko‘l atrofida eko hududning yadro chiqindilari bilan ifloslanishi mumkinligi yotadi.

Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida qatnashgan Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov "AESqurilish qarori tendor tanlovlarisiz qabul qilinganidan" xavotir bildirdi.

Атом электр станцияси Ўзбекистон зулматиини ëрита оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:48 0:00

Toshkentlik tahlilchi Anvar Nazirning ishonishicha¸ O‘zbekiston hali AES qurishga tayyor emas.

- AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi. Bu miqdordagi suv tabiatda mavjud emas. Bu haqda SSSR davrida ilmiy xulosaga kelingan edi. Chunki SSSR davrida qurishmoqchi edi. Ikkinchidan AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ular atrof muhit uchun o‘ta xatarlidir, - dedi u.

AQShda istiqomat qilayotgan sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev esa AESning afzalliklari haqida gapirdi.

Unga ko‘ra, AES samarali ishlayotgan mamlakat sifatida AQShni ko‘rsatish mumkin.

- AQShda 60 ta AES samarali ishlab turibdi. Agar taroziga qo‘ysak, AESning ijobiy tarafi salbiy tarafidan ko‘proq¸ - deydi sobiq diplomat.

O‘zbekistonlik yana bir sobiq mulozim Anvar Husainov esa¸ quyosh shamol va daryolardan energiya oilish ustivor bo‘lishi kerak, degan fikrni izhor qildi.

- Rog‘un GESi bitayapti mana. Tojikiston bu GESdan chiqadigan barcha elektr energiyani iste’mol qila olmaydi. O‘zbekiston bu energiyani sotib olishi mumkin, - dedi Anvar Husainov.

XS
SM
MD
LG