Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:36

Massachusets texnologiya instituti sun’iy zako tadqiqotlariga $1 mlrd sarmoya yotqizadi


Massachusets texnologiya instituti.
Massachusets texnologiya instituti.

Massachusets texnologiya instituti asosan kompyuter texnologiyalari va sun’iy zako masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan kollej qurish uchun 1 milliard dollar ajratadi.

Keyingi yilda ochilishi kutilayotgan kollejga 50 nafar yangi xodim yollanadi. Bundan tashqari, universitetning boshqa bo‘limlari xodimlari ham kollejda ishlaydi.

Loyihani amalga oshirish uchun universitet allaqachon 650 million dollar mablag‘ to‘plagan.

Loyihaga eng ko‘p mablag‘ni Blackstone Group shirkati direktori Stiven Shvartsman ajratgan. Tadbirkor bunday qarorga kelishiga sun’iy zako sohasiga sarmoya yotqizish bo‘yicha AQSh Xitoydan ortda qolayotgan turtki bo‘lganini aytdi.

Universitet rektori Martin Shmidtdan sun’iy zako etikasi haqida so‘ralganda, yangi kollejda etika masalasiga katta e’tibor qaratilishini aytdi.

Massachusets texnologiya institutida keyingi 70 yil ichida bunday yirik o‘zgarishlar bo‘lmagan edi. Universitetda yirik o‘zgarishlar oxirgi marta o‘tgan asrning 50-yillarda ro‘y bergan. O‘shanda Gumanitar fanlar, san’at va ijtimoiy fanlar maktabiga asos solingan.

XS
SM
MD
LG