Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:56

OzodMikrofon: "Shofirkon tuman hokimligi sud qarorini pisand qilmayapti"


Sud Shofirkon tuman hokimligini Ulug‘bek Kamolovga tegishli do‘konni noqonuniy buzgan deb topgan.
Sud Shofirkon tuman hokimligini Ulug‘bek Kamolovga tegishli do‘konni noqonuniy buzgan deb topgan.

Buxorolik Ulug‘bek Kamolov Shofirkon tuman hokimligini sud qarorini bajarmayotganlikda aybladi.

Ulug‘bekning OzodMikrofonga murojaat qilib aytishicha, ikki oy avval sud hokimlikni unga tegishli do‘konni noqonuniy buzganlikda aybdor deb topgan va hokimlik zimmasiga Ulug‘bek Kamolovga tovon puli to‘lashni yuklagan.

Biroq “ikki oydirki, hokimlik sud qarorini bepisand qoldirib kelmoqda”, deydi Ulug‘bek Kamolov.

Ulug‘bek Kamolovning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, joriy yil 20 iyun kuni o‘tgan mahkamada Shofirkon tuman hokimligining unga tegishli do‘konni buzish borasidagi qarori noqonuniy deb topilgan:

- Buxoro viloyat Shofirkon tuman hokimligini o‘zimga tegishli binoni noqonuniy tarzda buzishgani uchun sudga bergandim. Binoni 2018 yilning 6 martida buzishgan. Bu bino aralash mollar savdo do‘koni edi, uning 402 kvadrat metr maydoni va 136 kvadrat metrli yerto‘lasi bor edi. Sudda yutib chiqdim. Sud qarorida aytilgan, “Shofirkon tuman hkoimligiga bir oy muddat ichida Kamolov Ulug‘bek Rahmatullaevichga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning bozor qiymatini aniqlab, unga kompensatsiya to‘lab berish belgilansin” deyilgan.

Ulug‘bek Kamolovga tegishli do‘kon. Hokimlik buzib tashlashidan oldin olingan surat.
Ulug‘bek Kamolovga tegishli do‘kon. Hokimlik buzib tashlashidan oldin olingan surat.

Ulug‘bek Kamolov tomonidan Ozodlikka jo‘natilgan sud qarori nusxasida yozilishicha, Shofirkon tuman hokimi F.Tursunovning 2018 yil 10 mart kunidagi Kamolov Ulug‘bekka tegishli do‘konni buzish borasidagi qarori haqiqiy emas deb topilgan.

Ulug‘bekka ko‘ra, sud qarori 11 iyul kuni kuchga kirgan, biroq oradan ikki oydan ziyod vaqt o‘tsada, hokimlik unga tovon pulini to‘lamagan:

- Sud qaroriga ko‘ra, hokimiyat menga 11 avgustgacha tovon pulini to‘lashi kerak edi. Biroq hokimiyat tomonidan hech qanaqa harakat amalga oshirilmadi. Biror marta telefon ham qilishmadi. Umuman hech narsa qilishmadi. Menga yetkazilgan zararni qoplashini so‘rayman. Lekin hokimlik to‘lab bermayapti. O‘zi men bu binoni sotib, puliga o‘g‘limni davolatmoqchi edim. Kichkina o‘g‘lim nogiron. Hokimlik tezroq pulni bersa, o‘g‘limni davolatishni boshlardim.

Ulug‘bek Kamolov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Улуғбек Камолов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG