Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:33

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston bir kunda uchta oltin medal oldi, o‘zbek polvonlari Osiyoda ikkinchi bo‘ldi (FOTO)


Nikita Rafalovich (chapdan ikkinchi) O‘zbekiston jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.
Nikita Rafalovich (chapdan ikkinchi) O‘zbekiston jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sportchilari 22 -23 avgust kuni yana uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Осиё ўйинлари: Ўзбекистон бир кунда учта олтин медал олди, ўзбек полвонлари Осиёда иккинчи бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

Uchta oltin, uchta kumush va bitta bronza

Akademik eshkak eshish bo‘yicha 23 avgustda o‘tgan juftlik bahslari finalida ishtirok etgan Shahboz Abdujabborov va Shahboz Xolmurzaevlar marraga birinchi bo‘lib yetib borishdi va oltin medalga egalik qilishdi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha yana bir juftlik Sardor To‘lqinxo‘jaev va Alisher Turdiev finalda marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib kumush medalni oldi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rtlik bahsida esa O‘zbekiston jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

22 avgustdagi taekvondo bahslarida Nikita Rafalovich finalda Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Xva Jun Liga qarshi dayanga chiqdi. O‘zbekiston vakili 21:18 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zbek jamoasiga Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalni olib keldi.

22 avgustda erkin kurash bo‘yicha musobaqalarda Mo‘minjon Abdullaev130 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Nurmakan Tinalievni yengib, yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu yosh kurashchi Mo‘minjon Abdullaevning xalqaro musobaqalardagi ilk medali bo‘ldi.

22 avgustdagi musobaqlarda o‘zbek sportchilari yana 2 ta kumush medalga ham ega bo‘ldilar.

Kurash bellashuvlarida -87kg vazn toifasida ishtirok etgan Rustam Assakalov finalda eronlik Nuri Hussayniga 1:6 hisobida yutqazdi va oltin medalni qo‘ldan boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Og‘ir atletika musobaqasida -69kg vazn toifasida qatnashgan Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 145kilo, siltab ko‘tarishda esa 186 kilo toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda 331 kilo natija bilan u ham Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurashchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi

Erkin kurash bo‘yicha musobaqalarda umumiy hisobda oltita vazn toifasida turli davlatlardan kelgan 106 nafar sportchi kurash olib bordi.

O‘zbekistonlik erkin kurashchilar 1ta oltin va 3ta bronza, jami 4ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa erkin kurashchi termasi umumjamoa hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Umumiy hisobda 3ta oltin, 1ta bronza medalini qo‘lga kiritgan eronlik polvonlar birinchi bo‘lishdi.

Yaponiya va Qozog‘iston terma jamoasi a’zolari 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritib, uchinchi ko‘rsatkichni qayd etishdi.

Bugungi musobaqalar

23 avgustda futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nimchorak final uchrashuvida Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

O‘zbekiston – Gonkong juftligi g‘olibi chorak finalda Eron – Janubiy Koreya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Shuningdek 23 avgust kuni o‘zbekistonlik sportchilar slalomda eshkak eshish, taekvondo, akademik eshkak eshish, golf, suzish, og‘ir atletika, tennis, velosport musobaqalarida ishtirok etadi.

Medal bo‘yicha umumjamoa hisobi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi jami 17ta medalga egalik qilmoqda. Ulardan 4tasi oltin, 6 ta kumush va 7ta bronza. To‘rtinchi kun musobaqalaridan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 9-o‘rinni egallab turibdi.

Oltin medallar: Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) Nikita Rafalovich (taekvando), Mo‘minjon Abdullaev (erkin kurash), Shahboz Abdujabborov va Shahboz Xolmurzaev (akademik eshkak eshish).

Kumush medallar: Dmitriy Shokin (taekvando), Darya Latisheva (ushu taulu), Rustam Assakalov (grek-rim kurashi), Doston Yoqubov (og‘ir atletika), Niyoz Po‘latov (taekvando), Sardor To‘lqinxo‘jaev va Alisher Turdiev (akademik eshkak eshish).

Bronza medallar: Sirojiddin Hasanov , Magomed Ibragimov, Davit Modzmanashvili (uchalasi ham erkin kurash bo‘yicha), Nigora Tursunqulova (taekvando), Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika), Svetlana Osipova (taekvando), Akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rtlik musobaqasi jamoasi.

XVIII Osiyo o‘yinlariga Indoneziya poytaxti Jakarta hamda Sumatra orolidagi yirik shaharlardan biri Palembang mezbonlik qilmoqda.

18 avgustdan 2 sentabrgacha davom etadigan o‘yinlarda 45 mamlakatdan jami 9 704 nafar sportchi 42 ta sport turi bo‘yicha 476 ta medal uchun kurashadi.

XS
SM
MD
LG