Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:45

AQSh fazo qo‘shinlarini yaratish niyatida


AQSh armiyasining quruqlik, havo va dengiz qo‘shinlari bor. Endi ular safiga fazo kuchlari qo‘shilishi mumkin. Pentagon bu borada ish olib bormoqda. Ammo bu amalga oshishi uchun Kongress qonun chiqarishi kerak. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

Bir paytlar xayoliy tuyulgan g‘oya reallikka aylanmoqda. Pentagon AQShning kosmosdagi inshootlarini himoya qilish uchun Fazo qo‘mondonligini tashkil etmoqda.

Pentagonda so‘zlagan Vitse prezident Mayk Pensning aytishicha, yangi qo‘mondonlik Amerika armiyasining 6-bo‘limi - Fazo kuchlarini tashkil etish yo‘lidagi qadamdir. Asosiy raqiblar - Rossiya va Xitoy.

"Dushmanlarimiz fazoni allaqachon urush maydoniga aylantirib bo‘lishdi. AQSh bu tahdidlardan ortga chekinmaydi", - dedi u.

Bir necha o‘n yillardan beri armiyada yangi bo‘lim ochilmagan.

"So‘nggi bor yangi xizmat 1947 yilda qo‘shilgan", - deydi Tijoriy fazo reyslari federatsiyasi rahbari Erik Stolmer.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Havo kuchlari tashkil etilgan edi. Endi navbat fazo qo‘shinlariga, deydi tashabbus tarafdorlari.

"Biz shu nuqtaga yetib kelyapmiz. Kosmos harbiylarimiz uchun, iqtisodiyotimiz uchun o‘ta muhim maydonga aylandi. Fazo bilan nafas oladigan, uxlaydigan va yashaydigan mutaxassislar kerak bizga", - deydi tadqiqotchi Tod Harrison.

Fazoga chiqish loyihasini qo‘llab-quvvatlayotgan Mudofaa vaziri Jim Mattis bir paytlar yangi bo‘lim ochilishiga qarshi chiqqan edi.

O‘tgan yili u Kongressga maktub yo‘llab, tashkiliy bo‘g‘inlarni ko‘paytirmasdan, e’tiborni mavjud bo‘limlar orasida integratsiyani kuchaytirishga qaratish kerak, deb aytgan edi.

Hozircha Fazo qo‘mondonligi armiyaning mavjud fazo ekspertlarini bir joyga jamlab, pilotsiz kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlarini, GPS hamda raketaga qarshi mudofaa to‘lqinlarini himoya qilishda davom etadi.

Fazoga odam uchirish bilan esa NASA shug‘ullanadi.

Tramp Kongressdan 2020-yilgacha yangi harbiy xizmatni ishga tushirishni so‘ramoqda.

XS
SM
MD
LG