Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:31

Qozog‘iston Xitoydan qochgan etnik qozoqni Pekinga topshirmaydi


Sud zalidan ozod qilingan Sayragүl Sauitbayni qozoqlar gullar va shirinliklar bilan kutib oldi.
Sud zalidan ozod qilingan Sayragүl Sauitbayni qozoqlar gullar va shirinliklar bilan kutib oldi.

Olmaota viloyat Jarkent shahar sudi Xitoydan qochgan etnik qozoq ayol Sayragүl Sauitbayni davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tganlikda aybdor deb topdi va 6 oyga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etdi. Sud hukmi bilan Sayragүl Xitoyga deportatsiya qilinmaydigan bo‘ldi.

Қозоғистон Хитойдан қочган этник қозоқни Бейжинга топширмайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00

Sud zalidan ozod etilgan Sayragul Sauitbayni yuzlab odamlar tabriklar bilan kutib oldi.

Sayragulning quchog‘i millatdoshlari olib kelgan gul bilan to‘ldi. Ayrim ayollar esa o‘zlari savatlarda olib kelgan shirinliklarni yig‘ilganlarga ulashdilar. Sayragul Sauitbay o‘zi bilan hamdard bo‘lgan barcha millatdoshlarga minnatdorchilik bildirdi.

-Ota yurtimning fuqarolariga raxmat. Men bu yerga kelganimda o‘zimni yolg‘iz his qilgan edim. Biroq men yolg‘iz emas ekanman. Men o‘zimni juda baxtli his qilayapman, -dedi u.

Bundan o‘n besh kun avval boshlangan sud jarayonining birinchi masjlisiga qo‘liga kishan urilgan holda olib kelingan Sayragul Sauitbay suddan o‘zini Xitoyga topshirmaslikni, har qanday og‘ir jazoni Qozog‘istonda o‘tashga rozi ekanini yig‘lab turib iltimos qilgan edi.

O‘shanda Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida tug‘ilib o‘sgan Sayragul Xitoydan qochib, chegarani buzib Qozog‘istonga kelganini mana bunday izohlagan edi:

-Xitoy politsiyasi meni qattiq bosim ostiga oldi. “Sen Qozog‘istonga ketmaysan, qozoq fuqaroligini olgan ering va farzandlaring Qozog‘iston fuqaroligidan bosh tortib Xitoyga qaytishi kerak. Bo‘lmasa seni sudlaymiz, qamalasan”, deb shart qo‘yishdi. Ular Xitoyga qaytsalar, albatta, qamalar edilar. Men 2018 yildan boshlab Xitoydagi siyosiy qayta tarbiyalash lagerida ishlaganman. “Siyosiy lager” deb nomlanganiga qaramay bu qamoqxona edi. Men ishlagan joyda 2500 odam saqlangan. Men qozoq sudida bu ma’lumotlarni aytishimning o‘zi Xitoyda davlat sirini fosh etish sifatida baholanadi, -degan edi Sayragul Sauitbay.

Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Sayragul Sauitbay Xitoyda qiynoqlarga solinishi va eng oliy jazoga hukm qilinishi mumkinligidan xavotir bildirib, Qozog‘iston hukumatidan uni Xitoyga topshirmaslikni iltimos qilgan edi.

2018 yilning may oyida rasmiy Astana Pekindan Qozog‘iston fuqaroligini olib Xitoyga qatyganda qamalgan etnik qozoqlarni qamoqdan ozod qilishni iltimos qilgan edi.

Bunga Xitoyda qozoqlar bosimga uchrayotgani, bosimdan qochib Qozog‘iston fuqaroligini olgach o‘z uylariga qaytgan etnik qozoqlarni Xitoy hukumati “siyosiy tarbiya berish” lagerlariga qamayotgani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgandi.

AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Ozod Osiyo radiosiga ko‘ra, yanvar oyida birgina Qashqar shahrida qayta tarbiyalash markazlarida 120 mingdan ziyod odam ushlab turilgan

AQSh Davlat departamenti Xitoyda yuzaga kelgan bunday vaziyatdan tashvish bildirgan edi, biroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotlarni tan olmagan.

XS
SM
MD
LG