Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:19

O‘zbekistonlik muxojir Nyu-York politsiyasi xizmatida (VIDEO)


Sadoqat Maxsudova Bruklinda xizmat qilmoqda.
Sadoqat Maxsudova Bruklinda xizmat qilmoqda.

Nyu-York tinchini 36 ming politsiyachi qo‘riqlaydi. Amerikaning eng ko‘p millatli shahrida politsiya xizmatida turli elatga mansub odamlar ishlaydi. Yaqinda ularning safiga o‘zbekistonlik bir qiz qo‘shildi.

Sadoqat Maxsudova asli Buxorodan. Nyu-Yorkning Staten-Aylend rayonida turadi. Nyu-York politsiya akademiyasida olti oylik mashaqqatli o‘qish va jismoniy tayyorgarlikdan so‘ng orzu qilgan ishiga kirdi.

Manxettenda bo‘lib o‘tgan bitiruv tadbirida qatnashish uchun O‘zbekistondan uning buvisi va buvasi keldi.

Sadoqat Amerikaga oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. Bruklindagi kollejda xamshiralikka o‘qiganiga qaramay, orzu qilgan kasbi – politsiyachi bo‘lish niyatidan voz kechmadi. 1,5 yillik kadetlik kursidan so‘ng politsiya akademiyasiga kirib, olti oydan so‘ng bitiruv imtihonida 98 foiz bal to‘pladi.

Bitiruv tadbirida Nyu-York shahar meri Bill de Blazio va Nyu-York politsiyasi komissari Jeyms O Nil bitiruvchilarga murojaat qilib, mas’uliyatli ishda muvaffaqiyatlar tiladi. Bo‘lajak politsiyachilar jo‘r bo‘lib qasamyod keltirishdi.

Ayni paytda Sadoqat xizmatni o‘zbeklar ko‘p yashovchi Bruklin rayonida o‘tamoqda. U uch yildan so‘ng serjantlik uchun imtihondan o‘tmoqchi.

XS
SM
MD
LG