Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:31

Anvar qori Tursunov dafn etildi (VIDEO)


Анвар қори Турсунов дафн этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:11 0:00

Anvar qori Tursunov dafn etildi

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 13 iyun kuni asr namozidan keyin “Minor” qabristonida dafn etildi. Marhumning janozasi “Minor” masjidida o‘qildi.

Mahalliy nashrlarning IIBB Matbuot xizmatiga tayanib, dafn marosimi arafasida xabar qilishicha, 13 iyun soat 18:00 dan 20:00 ga qadar Toshkent shahridagi “Minor” masjidi va qabristoni atrofidagi yo‘llar vaqtincha yopildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklandi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 13 iyun kuni ertalab vafot etdi.

Анвар қори Турсунов вафот этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:37 0:00

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati bayonotida bunday deyildi:

“Bugun, yurtimiz musulmonlari ulkan musibatga, og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillardan beri nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni mamlakatlarga ham sermahsul xizmatlari bilan tanilgan, muhtaram ustoz Anvar qori Tursunov foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, imom-xatiblar va mudarrislar Anvar qori Tursunovning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Alloh taolo u kishining qilib o‘tgan yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh qilsin. Qoldirgan ilmiy meroslari, mav’izai hasanalaridan xalqimiz ko‘p yillar manfaatdor bo‘lishini muyassar aylasin. Anvar qori Tursunovning oxiratlari obod bo‘lsin” , deyiladi musulmonlar idorasi tarqatgan rasmiy bildiruvda.

60 yashar Anvar qori Tursunov Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida 5 aprel kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.O‘shandan beri u og‘ir ahvolda, koma holatida qolayotgani aytib kelinayotgandi.

Ozodlik radiosi Anvar qori Tursunov insultga chalinib og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgani, keyinroq komadan chiqqani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilgan edi.

O‘tgan haftada - 4 iyun va 8 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Biroq bu mish- mishlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi tomonidan rad etilgan.

ToshDUning filologiya fakulteti bitiruvchisi bo‘lgan Anvar qori Tursunov imomlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan oldin jurnalistika va ilmiy sohalarda mehnat qilgan.

1981-1984 yillarda “Yoshlik” jurnalining muharriri, 1984-1987 yillarda Fanlar Akademiyasida ilmiy xodim, 1987-1989 yillarda Abdulla Qahhor uy muzeyida ishlagan.

1989-1994 yillarda Yozuvchilar Ittifoqi qoshidagi Tarjimalar va adabiy aloqalar markazida sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir bo‘lgan.

1994 yilda imomlik faoliyatini boshlagan Anvar qori Tursunov 2001 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan. U 1999 yildan shu kunga qadar Toshkentning bosh imom-hatibi bo‘lib qolayotgan edi.

XS
SM
MD
LG