Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:37

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isaqov ustidan jinoyat ishi ochildi


Sapar Isaqov.
Sapar Isaqov.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevning eng ishonchli odami va shogirdi ekani aytib kelingan sobiq bosh vazir Sapar Isaqovga nisbatan 29 may kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi jinoyat ishi ochdi.

Қирғизистон собиқ бош вазири Сапар Исақов устидан жиноят иши очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00

Isaqov Bishkek IESiga bog‘liq jinoyat ishi doirasida ayblanmoqda

Isaqovga korrupsiya ayblovi 6 soat davom etgan so‘roqdan so‘ng bildirilgan.

- Bishkek shahar Issiqlik elektr stantsiyasini modernizatsiyalash paytidagi korrupsiya yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasida sobiq bosh vazir Sapar Isaqovga “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha ayblov bildirildi. Unga nisbatan shaharni tark etmaslik haqida tilxat olib, ozodlikda qoldirish ehtiyot chorasi qo‘llanildi,- deb bildirdi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rasmiy vakili Raxat Sulaymanov.

Modernizatsiyaga ajratilgan 385 million dollar g‘alvasi

Bishkek Issiqlik elektr stansiyasi Sapar Isaqov bosh vazir bo‘lib turgan 2017 yilda 385 million dollarga modernizatsiya qilingan edi. Biroq qish mavsumining eng ayozli kunlarida yangi ta’mirdan chiqarilgan issiqlik elektr stansiyasida favqulodda holatda avariya yuz berib, Qirg‘iziston poytaxti aholisi o‘n kundan ko‘proq sovuqda qolgan.

Shundan so‘ng parlament va huquq-tartibot tuzilmalari tekshiruv o‘tkazib, stansiya ta’miriga ajratilgan 385 million dollar mablag‘ nimalarga sarflanganini aniqlay olmagani ortidan jinoyat ishi ochilgan edi.

Isaqov :"G‘azabimning chek-chegarasi yo‘q"

Sapar Isaqov o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochilishini “mutlaqo haddan oshish” sifatida baholadi.

-Menga ayblov bildirish to‘g‘risidagi qarorni oxirigacha o‘qimadim. Hozir g‘azabimning chek-chegarasi yo‘q. Avval ijtimoiy tarmoqlarda Sapar Isaqovni rosa obro‘sizlantirishdi, endi esa jinoyatchi sifatida taqdim qilishmoqchi. Biz endi advokatlar ko‘magida aybsiz ekanimizni isbotlaymiz,- dedi Sapar Isaqov.

Odamlar nima demoqda?

Ozodlik muxbiri radioning qirg‘iz xizmatida Sapar Isaqovga jinoyat ishi ochilgani to‘g‘risidagi bir xabar va bir maqola ostiga qoldirilgan 125 sharhni o‘rganib chiqdi.

125 sharhdan 71tasida mushtariylar Isaqovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani to‘g‘ri bo‘lgan, degan fikrni bildirganlar.

49ta sharhda esa Sapar Isaqovning “halol odam” ekani, u amaldagi prezident Jeenbekov bilan sobiq prezident Atambaev o‘rtasida so‘nggi oylarda yuzaga kelgan ziddiyat qurboni bo‘layotgani tahmin qilingan fikrlar qoldirilgan.

Sapar Isaqov ishonchsizlik bildirilgan bosh vazir

41 yoshdagi Saprar Isaqov qirg‘iz jamiyatida sobiq prezident Almazbek Atambaevning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladi. 2017 yilda bosh vazir lavozimiga saylangan Sapar Isaqov joriy yilning 19 aprel kuni Qirg‘iziston parlamenti Hukumatga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani ortidan iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi.

Sapar Isaqov rahbarligidagi Hukumat Qirg‘iziston tarixida ishonchsizlik bildirilgani ortidan iste’foga chiqariladigan ikkinchi Hukumat bo‘ldi.

Bundan oldin 1993 yilda Tursunbek Chingishev rahbarligidagi Hukumatga ishonchsizlik bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG