Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:37

O‘shning iftor bozorlari (FOTOREPORTAJ)


O‘sh shahrining asosan o‘zbeklar istiqomat qiluvchi “8-mart”, “Turon” hamda “Amir Temur” shaharchasida Ramazon oyida iftor bozorlari tashkil etilishi an’anaga aylanib qolgan.

O‘shning “8 mart” ko‘chasidagi eng mashhur iftor bozori joriy yilda ko‘chada tiqilinchlar paydo qilgani, odamlar hamda transport harakatiga noqulayliklar tug‘dirgani uchun rasman ta’qiqlangan. Shunga qaramay, mazkur ko‘chada yo‘l bo‘yida yashovchi odamlar uylarida “iftor do‘konlari” tashkil etdilar.

45 ming aholi yashaydigan O‘shning “Amir Temur” shaharchasida esa kafe-restoranlar Ramazon oyida iftorlik maskanlariga aylantirildi. Bir yarim metrlik shashliklarni aynan mana shu shaharchada sotib olish mumkin.

“Turon” mavzesidagi iftor bozorida esa Qo‘qonda ishlab chiqarilgan shirinliklarni harid qilish mumkin.

XS
SM
MD
LG