Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:37

VOA: O‘zbekiston rahbari Vashingtonda


O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev Qo‘shma Shtatlarga yetib keldi. Prezident samolyoti Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo‘ngan. Odatda Vashingtonga kelayotgan chet el rahbarlari aynan shu aerodrom orqali bu davlatga qadam qo‘yadi. AQSh prezidentining o‘zi ham shu bazadan foydalanadi.

Mirziyoev Oq uyga qo‘shni Bleer Xaus mehmonxonasida joylashgan. Oq uyning eng yuqori darajali mehmonlari bu yerda turadi.

Endryus harbiy havo bazasi, Merilend shtati, 2018 yil 15 mayi.
Endryus harbiy havo bazasi, Merilend shtati, 2018 yil 15 mayi.

16 may kuni Prezident Mirziyoev AQSh rahbari Donald Tramp bilan ushrashadi. Ikki soatga yaqin davom etadigan muloqotda strategik hamkorlikning yangi sahifasini ochish haqida gap ketadi.

Tramp ma’muriyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning bugungi rahbari islohotlar yo‘lini tanlab, o‘z davlatini porloq kelajak tomon yetaklamoqda. “Amerika bu jarayonda O‘zbekiston hukumati va xalqini quvvatlashga bel bog‘lagan”, deydi Oq uy rasmiylari.

“Har bir sohada tomonlar kelishib, o‘zaro manfaatlarga asoslangan holda qadam tashlaydi. Islohot - murakkab yo‘l”, deydi prezident Trampning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Liza Kurtis.

“O‘zbekiston oldidagi qiyinchiliklarni tushunamiz. Muammolar ham talay, ayniqsa inson huquqlari va adolat ta’minoti bobida. Biroq bugungi jarayonlardan umidvormiz”, deydi Kurtis.

Vashington nazarida o‘tgan bir yarim ichida siyosiy majbuslar ozod etilib, qiynoqlar va majburiy mehnat singari azaliy muammolar tan olingani ularga qarshi kurash boshlanganidan darak. Qonunlar va farmonlar amalda isbotini topishi kerak, deya undamoqda AQSh hukumati.

Inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlar, xususan “Human Rights Watch”ga ko‘ra, Kongress va Tramp ma’muriyatini O‘zbekistonda islohotlar to‘xtamasligi va sistematik o‘zgarishlar bo‘lishi uchun harakat qilishi, ya’ni tuzumni jadallikka chaqirishi lozim.

17 may kuni prezident Mirziyoev AQSh Mudofaa vazirligiga tashrif buyuradi. Pentagon rahbarlari bilan keng qamrovli muloqot kutilmoqda. Harbiy hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘oniston bo‘yicha birga ishlash xususida gaplashiladi.

Payshanba kuni O‘zbekiston rahbari uchun Kongress va Jahon bankida ham uchrashuvlar rejalangan.

XS
SM
MD
LG