Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:41

O‘zbek chegarachisi qirg‘iz fuqarosini Qirg‘iziston hududida otgani aytilmoqda


O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasi.
O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasi.

Qirg‘izistonning Axsi tumani hokimi Masalbek Mirzamamitov 34 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Farxod Mirzaholiqovning 7 aprel kuni o‘zbek chegarachisi tomonidan otib o‘ldirilish yuzasidan “Odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Ўзбек чегарачиси қирғиз фуқаросини Қирғизистон ҳудудида отгани айтилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00

Hokim: Farxodni Qirg‘iziston hududida otishgan

Hokimning aytishicha, Farxod Mirzaholiqov Qirg‘iziston hududida otib o‘ldirilgan.

​- Marhum O‘zbekiston hududiga o‘tgani yoki o‘tishga harakat qilgani noma’lum. Buni hech kim ko‘rmagan. Lekin o‘q otilganidan keyin O‘zbekiston chegarachisi o‘q yegan fuqaroni o‘z hududiga olib o‘tishga harakat qilganini ko‘rganlar bor. O‘q otilgandan keyin bu yerga odamlar kelgan. Shundan keyin o‘zbek chegarachisi o‘zi otgan odamni tashlab qochgan. Voqea bo‘lgan yerda yo‘l va odamlarning uylari bor,-dedi Axsi tumani hokimi Masalbek Mirzamamitov.

Rasmiyga ko‘ra, voqea yuz bergan Mamay qishlog‘i O‘zbekistonning Nanay va Kosonsoy hududi bilan chegaradosh.

Bu voqea yuzasidan Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan videoda ariqda o‘q yegan odam yotganini, voqeaga guvoh bo‘lgan ayol o‘zbek chegarachisini qarg‘ayotganini ko‘rish mumkin. Videoda ko‘rinmagan bir erkakning “Videoga olishayapti, yuguring. Berkining” kabi gaplarini ham eshitish mumkin.

Shakarbek Qamchibek o‘g‘li: Mamayda chegaraning qaerda ekani aniq emas

Axsilik faol Shakarbek Qamchibek o‘g‘li tuman hokimining Farxod Mirzaholiqov Qirg‘iziston hududida otib o‘ldirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotini o‘rganilishga muhtoj, deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘zbek chegarachisi qirg‘iz fuqarosini ikki davlat o‘rtasidagi aniqlanmagan hududda otib o‘ldirgan bo‘lishi mumkin.

-Bu yerda bir uy O‘zbekistonga, yana bir uy Qirg‘izistonga qarashli. Masalan, bir uyning tomorqasiga o‘tib, ariqdan hatlasangiz O‘zbekiston hududiga o‘tib qolasiz. Bu yerlarda chegara to‘siqlari ham yo‘q. Delimitatsiya yakunlangani bilan demarkatsiya bo‘lmagan. To‘rt chaqirim hudud haligacha aniqlanmagan. Chegaraning aniqlanmagani va qirg‘iz chegarachilarining yetishmovchiligi oqibatida yuz berayotgan bunday voqealar O‘zbekiston bilan do‘stligimizga putr yetkazmasa ekan, deb qo‘rqamiz,-dedi Shakarbek Qamchibek o‘g‘li.

Bir-biriga zid rasmiy bildiruvlar

Avvalroq O‘zbekiston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati o‘zbek chegarachilari Qirg‘iziston tomonidan chegarani buzib kirgan shaxsni to‘xtatishga uringani, ammo bu shaxs "havoga otilgan ogohlantirish o‘qlarga ham e’tibor qilmay, qo‘shni davlat hududida berkingan"i ni xabar qilgandi.

Xabarda o‘zbek chegarachisi otgan o‘qdan jarohatlangan fuqaroni Qirg‘iziston hududida mashina kutib turgani va jarohatlangan odamni shifoxonaga yetkazgani ham ta’kidlangan.

Qirg‘iziston chegara xizmati Farxod Mirzaholiqov 7 aprel kuni Kerben shahar kasalxonasida vafot etganini bildirgan.

Biroq Qirg‘iziston Ombudsmeni instituti 9 aprel kuni Farxod Mirzaholiqov O‘zbekistonga to‘yga borgani va qaytayotganida o‘zbek chegarachisi o‘qiga uchgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatdi. Ombudsmenga ko‘ra, o‘zbek chegarachisi Farxod Mirzaholiqovni Qirg‘izg‘iston hududida otgan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

Bosh vazirlar kelishuvi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Sapar Isakov 8 aprel kuni telefon orqali bu voqeani o‘zaro muhokama qilganlar.

Tomonlar 9 aprel kuni ikki davlat chegara xizmatlari hamda boshqa mutasaddi mahkamalar rahbarlari darajasida bu voqeani tergov qilish uchun uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.

“Qo‘shma ishchi guruhi hodisani batafsil o‘rganib, yaqin vaqtlar ichida natijalarini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

XS
SM
MD
LG