Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:41

Bishkekda mikroavtobus haydovchilari ish tashladi. O‘n minglab odamlar piyoda qoldi


Bishkekdagi avtobus bekatida transport kutayotgan odamlar.
Bishkekdagi avtobus bekatida transport kutayotgan odamlar.

Bishkekda 2 aprel kuni 120ta yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvchi uch mingga yaqin mikroavtobus haydovchisi ish tashlagani ortidan Qirg‘iziston poytaxtida o‘n minglab odamlar piyoda qoldi. Avtobus va trolleybuslar yetishmay, xususiy taksichilar narxni bir necha barobarga ko‘tarib yuborishdi.

Бишкекда микроавтобус ҳайдовчилари иш ташлади. Ўн минглаб одамлар пиёда қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Mikroavtobus haydovchilari 1 apreldan transport vositasini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganiga, yo‘l xavfsizlik nazorati inspektorlari jarimani ko‘p solayotganiga va bir hilda forma sotib olishga majburlanayotganlariga norozilik bildirmoqdalar.

- Biz ham bola-chaqa, deb tirikchilik qilayapmiz.Ertalab soat besh yarimda turamiz. Odamlar 8 soat ishlasa biz 16 soat ishlaymiz. Yo‘l xavfsizlik nazorati inspektorlarining jarimalaridan charchadik. Majburiy sug‘urta, bir hilda forma degani bekor qilinsin. Sintetikadan qilingan bu formani 750 so‘mdan sotishayapti,-dedi ish tashlaganlardan biri.

Yana bir haydovchi esa majburiy sug‘urta va bir hilda forma kiyish talabini korruptsiya bilan bog‘ladi:

-Har bir haydovchi oyiga 30-40 ming so‘mdan GAIga berganimizdan tashqari endi 2000 so‘mdan sug‘urta ham to‘lashimiz kerak ekan. Nima uchun to‘lashimiz kerak? Bu pul yuvishdir. Buning nomini korrupsiya deydilar, - dedi ish tashlagan haydovchilardan biri.

Ish tashlagan haydovchilar bilan Bishkek vitse meri Gennadiy Militskiy uchrashdi. Biroq haydovchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Bishkek meriyasi matbuot xizmati uchrashuvdan so‘ng haydovchilarning sug‘urtani va sug‘urta qilinmagani uchun belgilangan jarimani bekor qilish talabi bajarilmasligini ma’lum qildi.

Meriya bildiruvida aytilishicha, kuchga kirgan qonunga asosan mikroavtobus haydovchilari har bir yo‘lovchi o‘rni uchun yiliga 136 so‘mdan 204 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda sug‘urta puli to‘lashga majburlar.

Ayni paytda haydovchilar ish tashlashni 3 aprelda ham davom ettirishlarini aytmoqdalar.

Bishkekliklar esa ish tashlagan haydovchilarni haddan oshganlikda ayblamoqdalar.

-Men bir soatdan beri bekatda turibman. Transport yo‘q, o‘quvchilar maktabga yeta olmay turishibdi bu yerda. Avtobus, trolleybuslar juda tiqin kelayapti, ularga chiqishning ilojisi yo‘q, -dedi yo‘lovchilardan biri.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa aholini ogohlantirmay turib ish tashlagan mikroavtobus haydovchilarini jazolash, Bishkekda avtobus va trolleybuslarni ko‘paytirib, mikroavtobuslar faoliyatini to‘xtatishni talab qilishmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili Bishkekda mikroavtobus haydovchilari tomonidan 252ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu hodisalarda 2 odam halok bo‘lgan, 408 odam turli tan jarohatlarini olgan.

XS
SM
MD
LG