Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:40

“Do‘stlik”dagi vaziyat bir kunda keskin og‘irlashdi (VIDEO)


"Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punktida chegaradan o‘tish uchun navbat kutayotganlar soni bir kunda uch barobarga ko‘paydi.
"Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punktida chegaradan o‘tish uchun navbat kutayotganlar soni bir kunda uch barobarga ko‘paydi.

O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat - o‘tkazish punktida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tish uchun navbat kutayotganlar soni bir kunda uch barobarga ko‘payib, 1,5 ming kishiga etdi. Bir kun avval navbat kutayotganlar soni 500 kishidan oshmayotgani, shunda ham chegaradan o‘tish uchun odamlar kamida 5-6 soatlab navbat kutayotgani xabar qilingan edi.

“Дўстлик”даги вазият бир кунда кескин оғирлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

“Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida bir kun ichida chegaradan o‘tishga navbat kutayotganlar soni 1,5 mingga yetgani oqibatida bu yerda ur-yiqit bo‘lgani kuzatildi.

Voqea joyida bo‘lgan Ozodlik radiosi muxbirlarining bildirishicha, bir necha soatlab navbat kutib charchagan odamlar chegara to‘siqlaridan oshib o‘tishga harakat qilgan. Ayrim odamlarning qon bosimi oshib ketgan, biroq ularga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifokorlar bo‘lmagan.

Qirg‘iz chegarachilari vaziyat keskinlashib ketmasligi uchun qariyalar, nogironlar va homilador ayollarni navbatsiz o‘tkazishga harakat qilishmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, bahor kelishi bilan savdo-sotiq qilish uchun ikki tomonga o‘tayotgan odamlar sonining ko‘paygani mana shunday vaziyatga sabab bo‘ldi.

Bir necha kun avval Ozodlik radiosining o‘zbek va qirg‘iz xizmatlari mazkur nazorat o‘tkazish punktida deyarli har kuni 500 nafardan ortiq odamdan iborat navbatlar paydo bo‘layotgani va chegaradan o‘tish uchun fuqarolar kamida 5-6 soat vaqt sarflayotgani to‘g‘risidagi videoni e’lon qilgan edi.

Ўзбек-қирғиз чегарасидаги турнақатор навбатлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:23 0:00

Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Salqinay Abdikarieva chegarada yuzaga kelgan bunday vaziyatni o‘tkazish punktining Qirg‘iziston tomonida joy torligi va shuning uchun qo‘shimcha nazorat kabinalarini qo‘yishga imkoniyat yo‘qligi bilan izohladi.

Rasmiy shu munosabat bilan yaqin kunlarda nazorat-o‘tkazish punktini kengaytirish ishlari boshlanishini bildirgan.

2017 yil sentabrda O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegaradan o‘tishlar bo‘yicha cheklovni bekor qilgan.

XS
SM
MD
LG