Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:48

12ta xalqaro tashkilot Bobomurod Abdullaev, Hayot Nasriddinov va Akrom Malikovni ozod etishni talab qildi


Internetda e’lon qilgan maqolalari ortidan 2016 yilning 22 iyulida qamoqqa olingan Akrom Malikov.
Internetda e’lon qilgan maqolalari ortidan 2016 yilning 22 iyulida qamoqqa olingan Akrom Malikov.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi 12ta xalqaro tashkilot O‘zbekiston hukumatini jurnalist Bobomurod Abdullaev va o‘z fikrini erkin irod qila olish huquqidan foydlangani uchun qo‘lga olingan Hayot Nasriddinov hamda Akrom Malikovlarni zudlikda qamoqdan ozod etishga chaqirdi.

13 fevral kuni e’lon qilingan bayonotda Bobomurod Abdullaevga nisbatan qiynoq qo‘llaganlikda gumonlangan huquq-tartibot xodimlariga nisbatan tergov olib borilishi ham talab qilingan.

Bayonot Amnesty International, Markaziy Osiyo Inson huquqlari assotsiatsiyasi, Fuqarolik huquqlari himoyachilari, Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Freedom House, Human Rights Watch, Inson huqulari bo‘yicha xalqaro hamkorlik, Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi, Chegara bilmas muxbirlar, Bugun ozod etilish uchun, 19-modda va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya forumi tomonidan imzolangan.

-O‘zbekiston hukumati xavfsizlik xizmatini isloh qilish niyatini bildirayotgan bir paytda hibsdagi jurnalistlar va boshqa mahkumlarning qiynoqqa solingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar zudlikda tergov qilinishi hamda o‘zbek rasmiylari tomonidan keskin va oshkora qoralanishi lozim, -dedi Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

8 fevral kuni huquq faoli Sur’at Ikromov o‘z manbalariga tayanib, o‘tgan yilning sentabr oyidan beri “Davlat to‘ntarishga urinishda” gumonlanib hibsda qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaevni tergov qilayotgan MXX tergov boshqarmasi tergovchisi¸ adliya podpolkovnigi Nodirbek Dilmurodovich To‘raqulov va ayni boshqarma tergovchisi adliya mayori Veselov Aleksandr Aleksandrovich ishdan chetlashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Ikromovning Ozodlikka aytishicha¸ bu ikki MXX zobiti “mahbusni tergov paytida qiynash¸ jinoyat ishini soxtalashtirish¸ noqonuniy hibsga olish" kabi qonunga zid harakatlari bois ishdan chetlashtirilgan.

O‘tgan yilning 27 sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan Bobomurod Abdullaev 2011 yildan "Usmon Haqnazarov" imzosi ostida "amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va O‘zbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumonlanmoqda.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Bobomurod Abdullaev ustidan borayotgan tergov ishiga shu paytgacha to‘rt kishi tortilgan.

Bobomurod Abdullaevga aloqador ish yuzasidan 2017 yilning taxminan 20 oktabr kuni qo‘lga olingan iqtisodchi Hayot Nasriddinov va Abdulloh Nusrat taxallusi ostida Internetda e’lon qilgan maqolalari ortidan 2016 yilning 22 iyulida qamoqqa olingan Akrom Malikov ham tergov qilingan.

Huquq faoli Malohat Eshonqulovaning​ Ozodlik radiosiga 8 fevral kuni bildirishicha, 27 yashar tadqiqotchi olim Akrom Malikov O‘zbekiston JKning 159, 244-moddalari bilan ayblanib, 2017 yilning 13 yanvarida 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2018 yilning 31 yanvarida hibsda qolayotgan Hayot Nasriddinov Andrey Saxarov nomidagi "Mardlik uchun" xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG