Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:35

"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li Toshkent va Ostona o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi"


Xitoy. Yangi qurilgan temir yo‘llardan birida ketayotgan poezd.
Xitoy. Yangi qurilgan temir yo‘llardan birida ketayotgan poezd.

Toshkentda 27 dekabr kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy rasmiylari uch davlat hududidan o‘tuvchi temir yo‘l qurilishini muhokama qiladi. Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligi 22 dekabrda uchrashuv vazirlar darajasida o‘tishini ma’lum qilgan edi.

"Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли Тошкент ва Остона ўртасидаги рақобатни кучайтиради"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

Qirg‘izistonlik siyosatshunoslar va mutaxasislar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi masalasiga O‘zbekiston birinchi marta jiddiy e’tibor qaratayotganini Toshkent va Ostona o‘rtasidagi xalqaro tranzit uchun ketayotgan raqobatning bir ko‘rinishi sifatida baholamoqda.

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurish masalasi 1998 yildan beri muhokama qilib kelinmoqda.

Avvalgi yillarda temir yo‘lni loyihalash ishlari rasmiy Toshkent va Bishkek o‘zaro kelisha olmayotgani sababli ortga surilayotgani aytilgan edi. Buning natijasida 2011 yilda Qirg‘iziston avvalgi loyihadan voz kechib, temir yo‘lni Tojikiston orqali qurish masalasini olg‘a surib kelayotgandi.

Joriy yilning yanvarida Toshkent Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurishga moyillik bildirganidan so‘ng bu boradagi muzokaralar yana jonlandi.

Bishkeklik siyosatshunos Mars Sariev bu holatni sharhlar ekan:

-Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan munosabatlari ancha iliqlasha boshladi. Toshkent Qirg‘iziston bilan munosabatlarni yaxshilash orqali Xitoyga xalqaro “yo‘lak” ochib olishdan manfaatdor. Bunday imkoniyat qo‘lga kiritilgan taqdirda O‘zbekistonning ta’siri kuchayib, bu davlat mintaqadagi liderligini mustahkamlaydi. Bu esa Qozog‘istonning liderlik iddaolariga zarba berishi mumkin. Shuning uchun Ostona Bishkekning Toshkent bilan munosabatlariga “rashk” bilan qaraydi,-deb aytdi.

Gap shundaki, Toshkentda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li bo‘yicha muhokamalar boshlanishi arafasida, ya’ni 25 dekabrda Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Qozog‘istonga rasmiy safar bilan bordi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston munosabatlari so‘nggi paytlarda juda sovuqlashib ketgan edi. Bunga Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev qozoq rahbari Nursulton Nazarboevni Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblab qattiq tanqid qilgani, buning ortidan esa Qozog‘iston bu mamlakat bilan chegaralarini yopgani sabab bo‘lgan edi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashganiga qaramay, Nazarboev Jeenbekovni juda iliq kutib oldi hamda “Qirg‘iziston bilan munosabatlarni iliqlashtirish, ikki davlat o‘rtasidagi har qanday muammolarni hal etishga to‘la tayyor ekanini” bildirdi.

Shundan kelib chiqqan holda logistika bo‘yicha bishkeklik ekspert Abay Alimkulov Bishkek Ostonva va Toshkent manfaatlari to‘qnashadigan nuqtaga aylanmoqda, deb hisoblaydi.

-Xitoy uchun 18 million kishilik bozori bor Qozog‘istondan ko‘ra, 32 million kishilik bozori bor O‘zbekiston orqali yuklarni tashish manfaatliroq bo‘ladi. Bu yo‘l Turkmanistonga, Kavkazga va Yaqin Sharqqa chiqish imkoniyatini beradi. Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarasini yopib, Xitoyni barcha yuklarni o‘z chegarasi orqali tashishga majbur qilmoqchi bo‘ldi. Biroq Xitoy bunga ko‘nmadi. Chunki Qirg‘iziston orqali yuk tashilganida yo‘l 956 kilometrga qisqaradi. Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegaralarini yopib qo‘ygani oqibatida, Xitoy Qirg‘iziston orqali yuk tashishning muqobil yo‘llarini, ya’niO‘zbekiston masalasini ko‘rib chiqmoqda, -dedi mutaxasis.

2012 yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurishga 6-6,5 milliard dollar ketadi.

XS
SM
MD
LG